Xalqaro hamkorlar

Osiyo Taraqqiyot banki (OTB)

Osiyo Taraqqiyot banki O‘zbekistonda o‘z faoliyatini 1995 yildan buyon yuritib kelmoqda va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni boshqarish bo‘yicha alohida uslublardan foydalanishda ko‘maklashmoqda. Bank yordami umumiy o‘rta ta’lim, qishloq xo‘jaligi, transport kabi sohalar, tegishli infratuzilmalar hamda kichik va o‘rta biznes rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. OTB maktabgacha ta’limni rivojlantirish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish va ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda UNICEFning sherigi hisoblanadi.

Internet sahifa: http://www.adb.org/countries/uzbekistan/main

Jahon banki

Jahon banki 1992 yildan boshlab O‘zbekistonda faoliyat yuritib keladi. Bank ko‘magi, asosan, xavfsiz ichimlik suvidan bahramand bo‘lish imkoniyatlarini yaxshilash, milliy sog‘liqni saqlash tizimi, qishloq aholisining farovonligini oshirish, ta’lim sohasi va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim masalalarga qaratilgan. Jahon banki sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy siyosat loyihalari bo‘yicha UNICEF bilan samarali hamkorlik yuritib keladi.

Internet sahifa: http://www.worldbank.org

Yevropa Ittifoqi/Yevropa komissiyasi

Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekistonda moliyalashtirilayotgan loyihalar jinoyat ishlari bo‘yicha sud faoliyatini isloh etishga ko‘maklashmoqda, taqdim etilayotgan ijtimoiy xizmatlar (ayniqsa, ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida) sifatini yaxshilashga yordam bermoqda va ayni paytda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Yevropa Ittifoqi/Yevropa komissiyasi ona va bola salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarga tayyorlanish va javob harakat qo‘llash hamda ijtimoiy sektorni rivojlantirish sohasida UNICEF bilan hamkorlik qiladilar.

Internet sahifa: http://ec.europa.eu

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)

Hozirgi vaqtda Agentlik O‘zbekistonda iqtisodiyot infratuzilmasini mustahkamlash, inson resurslari rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sektorni qayta tuzish qabi yo‘nalishlarda ish olib bormoqda. Agentlik sog‘liqni saqlash, suv sifatini yaxshilash va sanitariya sohasiga oid loyihalarni amalga oshirishda UNICEFning sherigi hisoblanadi. Bundan tashqari, Agentlik UNICEF bilan favqulodda vaziyatlar xatarini kamaytirish masalasida ham hamkorlik yuritadi.

Internet sahifa: http://www.jica.go.jp

GIZ – Nemis xalqaro hamkorlik jamiyati

GIZ O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish ustida 1990 yillar boshidan buyon ish olib borib, iqtisodiy, ma’rifiy, huquqiy, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam bermoqda. GIZ faoliyati, asosan, xususiy sektorni rivojlantirish uchun iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash, professional ta’limning milliy tizimini qayta tashkil qilish, O‘zbekistonning nisbatan kam rivojlangan mintaqalarida aholi daromadi va bandlik darajasini oshirish masalalarini ilgari surish kabi vazifalarga qaratilgan. GIZ sog‘liqni saqlash va oziqlanish sohasida UNICEFning sherigidir.

Internet sahifa: http://www.giz.de

OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish Global fondi

OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish Global fondi ushbu uchta pandemiyalarga qarshi kurashishda resurslarni kengaytirish maqsadida 2002 yilda tashkil etilgan. Mazkur fond hukumat, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor va ushbu kasalliklarga chalingan aholi guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikka ko‘maklashadi. Global fond tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT Taraqiyot dasturining «O‘zbekiston Respublikasida alohida zaif aholi qatlamlariga qaratilgan OIV-infeksiyasiga qarshi kurashish miqyoslarini kengaytirish va OIVning oldini olish, tashxis qo‘yish, davolanish va parvarishlanishning umumiy imkoniyatlariga ega bo‘lish uchun mavjud tizim va salohiyatni mustahkamlash» deb nomlangan loyihasi UNICEF bilan OIV/OITSning oldini olish va davolash masalalarida hamkorlik yuritib, bu jarayonda ayollar va bolalarga alohida e’tibor qaratmoqda.

Internet sahifa: http://www.theglobalfund.org

KfW Germaniya taraqqiyot banki

KfW Germaniyaning O‘zbekiston bilan moliyaviy hamkorlik fondlarini 1993 yildan buyon boshqarib keladi. Uning faoliyati barqaror iqtisodiy rivojlanish, sog‘liqni saqlash, temir yo‘l transportini modernizatsiyalash, xususiy sektorni rag‘batlantirish loyihalari va moliyaviy sektorni rivojlantirish dasturlariga qaratilgan. Sog‘liqni saqlash sohasida KfW sil kasalligini monitoring qilish, oilani rejalashtirish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish loyihalari bo‘yicha yordam ko‘rsatmoqda. Ayni paytda, KfW yuqorida aytib o‘tilgan sog‘liqni saqlash loyihalari bo‘yicha UNICEF bilan hamkorlik qilmoqda.

Internet sahifa: https://www.kfw-entwicklungsbank.de

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)

YeXHTning O‘zbekistondagi faoliyati demokratlashtirishni rivojlantirish va qonun ustuvorligi, odam savdosiga qarshi kurashish borasida milliy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash, tegishli boshqarish uslublari to‘g‘risida davlat tuzilmalari va jamoatchilik habardorligini oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida jamoatchilik ishtirokini faollashtirishga yo‘naltirilgan.

Internet sahifa: http://www.osce.org/uzbekistan

Shveytsariya rivojlanish va hamkorlik agentligi (SDC) va Shveytsariya iqtisodiy ishlar kotibiyati (SECO)

Shveytsariyaning rivojlanish loyihalari O‘zbekistonda 1993 yilda Konfederatsiya elchixonasi ochilgandan keyin biroz vaqt o‘tgandan so‘ng amalga oshirila boshlandi. Agentlik mehnat unumdorligini oshirish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va iqtisodiyotning ushbu sohasida moliyaviy ahvol va ekologik vaziyatni mustahkamlash hamda o‘quv rejalari orqali ta’limning kasbiy-texnik va ma’rifiy tizimini rivojlantirish, tadqiqotlar materiallaridan foydalanish va tegishli ekspertizalarni o‘tkazish uslubiyatlarini takomillashtirish kabi muhim yo‘nalishlardagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Internet sahifa: http://www.swiss-cooperation.admin.ch

BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD)

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi 1993 yilda ochilgan. Shundan buyon uning faoliyati iqtisodiyot va demokratiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va energetika sohasidagi boshqarish loyihalariga qaratilgan bo‘lib, bu jarayonda dastur inson rivojlanishi masalalariga alohida urg‘u beradi. BMTTD nomarkazlashtirish sohasida va mahalliy rejalashtirish, ijtimoiy himoya, OIV/OITSni profilaktika qilish va davolash, mamlakat bo‘yicha statistika ma’lumotlari tahlilini yaxshilash masalalarida UNICEF bilan hamkorlik yuritmoqda.

Internet sahifa: http://www.uz.undp.org/content/uzbekistan/uz/home/