Nohukumat notijorat tashkilotlari

Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash uyushmasi

Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash uyushmasi – bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishga yordam ko‘rsatuvchi nohukumat notijorat tashkilot. Uyushma ota-onalarning ta’limiy salohiyatini oshirish hamda ular bolaning ehtiyojlari, huquq va manfaatlarini yaxshiroq tushunishlariga xizmat qiladi. Shuningdek uyushma bolalarning jamiyat hayotidagi ishtirokini oshirish borasidagi tashabbuslarni amalga oshirishda UNICEF bilan hamkorlik qiladi.

Xalqaro jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi

Xalqaro jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi – jurnalistlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va o‘zlarini jurnalistika sohasiga bag‘ishlagan talabalarga kelgusi ta’lim olishda ko‘maklashish uchun yaratilgan nohukumat notijorat tashkilotidir. O‘quv markazi UNICEF bilan birgalikda bolalar masalalarini yoritishda OAVlar salohiyatini kuchaytirish dasturlari bo‘yicha ish olib boradi.

Milliy elektron OAV assotsiatsiyasi

NAESMI – ellikta mintaqaviy radio- va telestansiyalar hamda kabel televideniesi tarmoqlarini birlashtiruvchi nohukumat eshittirish uzatuvchi kompaniyalarning professional uyushmasi. Uyushmaning asosiy maqsadi madaniyatli elektron OAV bozorini tashkil qilish, elektron OAV rivojlanishi uchun teng va qulay sharoitlar hamda barcha eshittirish uzatuvchi kompaniyalar rivojlanishi va ular fuqarolik jamiyatini barpo etishda faol ishtirok etishlari uchun teng imkoniyatlar yaratishdan iborat. NAESMI bolalar huquqlarini va ular bilan bog‘liq masalalarni tele- va radiostansiyalarning umummilliy tarmog‘i orqali ilgari surishda UNICEF bilan hamkorlik qiladi.

Internet sahifa: http://naesmi.uz/uz

O‘zbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi

O‘zbekiston nohukumat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA) O‘zbekistondagi turli NNTlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, jamiyat hayotini yanada liberallashtirish va demokratlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat yuritishga ko‘maklashadi, NNTlarni birlashtiradi va ular o‘zaro hamkorlik qilishlariga yordam beradi. Assotsiatsiya NNTlarga zaruriy texnik va informatsion ko‘makni taqdim etadi. O‘zNNTMA – NNTlar bola huquqlarini amalga oshirish va monitoring qilishda faol ishtirok eta olishlari va o‘z hissalarini qo‘shishlari maqsadida NNT salohiyatini yaratishda UNICEFning hamkori hisoblanadi.

Internet sahifa: http://www.ngo.uz/

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi – inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ilgari surish sohasida umume’tirof etilgan xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, mamlakat Prezidentining farmonlari va davlat siyosatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan maslahat berish va muvofiqlashtirish organidir. Ushbu markaz bola huquqlarini amalga oshirish va monitoring qilish masalalari bo‘yicha UNICEF bilan ish olib boradi.

Internet sahifa: http://nhrc.uz/

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi O‘zbekistonda demokratik talablar va andozalarga muvofiq holda bosma OAV mustaqilligi va erkinligini ta’minlash jarayonini qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik va kadrlar ta’minotini mustahkamlash borasida faoliyat yuritadi. Mazkur fond bolalar masalalarini yoritishda OAV salohiyatini kuchaytirish yo‘nalishida UNICEF bilan hamkorlik qiladi.

Bolalar ijtimoiy moslashuvi Respublika markazi

Bolalar ijtimoiy moslashuvi Respublika markazi rivojlanishi kechikib qolgan va izidan chiqqan bolalarga, zaif guruhlardagi bolalar va kam ta’minlangan oilalar farzandlariga hamda ota-onalarining g‘amxo‘rligidan mahrum etilgan bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish maqsadida milliy muassasalar sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiradi. Markaz bolalarni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan qator dasturlar, shu jumladan bolalarga vasiylik qilish tizimini isloh etish va ijtimoiy ishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha UNICEF bilan hamkorlikda ishlaydi.

Internet sahifa: http://www.rcsad.uz/uz/index.php

Maxsus olimpiya o‘yinlari - O‘zbekiston

Maxsus olimpiya o‘yinlari – bu intellektual nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalar va kattalarga jismoniy tayoyrgarlik ko‘rish imkoniga ega bo‘lish, o‘z mardligini namoyish etish, sport musobaqalarida qatnashish va g‘oliblik uchun kurashish, oilalarda munosabat o‘rnatish hamda Maxsus olimpiya o‘yinlarining boshqa atletlari va turli hamjamiyatlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida bolalar va kattalarga imkon taqdim etish uchun butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan jamoat sport tashkilotidir. Ushbu tashkilot imkoniyatlari cheklangan bolalar huquqlarini amalga oshirish va bu bilan ularning jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashish masalalarida UNICEF bilan birgalikda ish olib boradi.

“SOS bolalar mahallalari O‘zbekiston” Milliy assotsiatsiyasi

“SOS bolalar mahallalari O‘zbekiston” Milliy assotsiatsiyasi – yetim bolalar va ota-onalar g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan yoki ota-onasidan ajralib qolish xavfi ostida turgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasida ish olib borayotgan nohukumat notijorat xayriya tashkiloti hisoblanadi. Markaz bolalarni himoya qilish sohasida UNICEFning sherigi bo‘lib, bolalarni himoya qilish masalalarida faoliyat yuritayotgan profesionallar va ushbu sektorning boshqa xodimlari salohiyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratadi.

Internet sahifa: http://sos-kd.uz/