Bola himoyasi

© UNICEF Uzbekistan/Pirozzi

Milliy qonunlar va amaliyotlarni Bola huquqlari tog’risidagi konvensiyaga muvofiqlashtirish maqsadida UNICEF balog’atga etmagan bolalarga nisbatan odil sudlov va deinstitutalizatsiya sohalarida islohotlarni ilgari suradi. Bolalarga nisbatan zo’ravonlik qilish, ulardan foydalanish va mensimaslik munosabatida bo’lishning oldini olish uchun UNICEF O’zbekistonda bola himoyasi bo’yicha dasturini hukumat va boshqa hamkorlar bilan birgalikda amalga oshiradi.

O‘zbekistonda bolalarni himoya qilishga taalluqli bo‘lgan o‘ta muhim masalalarni hal qilish maqsadida UNICEF ko’p qirrali strategiyani olib boradi. Tegishli siyosat va qonunchilikni ishlab chiqishda texnikaviy ko’mak berish, barcha bolalar uchun xavfsiz muhitni yaratish uchun turli mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish, bola himoyasi bo’yicha aholi xabardorligini oshirish shular jumlasiga kiradi.