Ta’lim

© UNICEF Uzbekistan/Pirozzi

UNICEF barcha bolalarni, ularning yoshidan qat’i nazar, sifatli ta’limga ega bo‘lish bo‘yicha teng imkoniyatlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston hukumati va qator milliy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

2013–2017 yillarga mo’ljallangan Ta’lim sektorini rivojlantirish rejasini taqdim etgach, O’bekiston Ta’lim uchun global sheriklik (TGSh)ka 2013 yil sentabrda a’zolikka qabul qilindi. TUGSh Direktorlar kengashi O’bekistonning grantga berilgan arizasini tasdiqladi. Bu mablag’ 3–6 yoshdagi bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalaridagi erta ta’lim sifatini oshirishga hamda qishloq hududlaridagi o’rta ta’lim maktablarining shart-sharoitlarini yaxshilashga qaratilgam loyihani bajarish uchun ishaltiladi. Loyiha 49,9 million AQSh dollari miqdoridagi TGSh grantini va O’zbekiston Hukumati tomonidan ajratilgan 4,2 million AQSh dollari hisobidan amalga oshiriladi.

Bolalarning erta rivojlanishi masalasi hamkorlik dasturining bir qismidir. Maktabgacha ta’lim imkoniyatiga ega bo’lish bolaning eng erta yillarida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.

UNICEF Xalq ta’limi vazirligi bilan o’rta ta’lim sifatini yaxshilash borasida ham hamkorlik qiladi. Strategik rejalashtirishni yaxshilash uchun O’zbekistonda sifatli ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish hamda ta’lim tizimini monitoring qilish va baholash tizimini isloh qilish dasturning muhim qismi hisoblanadi. Bundan tashqari UNICEF o’qituvchilar malakasini oshirishni ham qo’llab-quvvatlaydi.