Inklyuziv ta’lim

Bizning faoliyatimiz

UNICEF inklyuziv ta’limni O‘zbekiston ta’lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug‘ullanadi. Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.

Yutuqlarimiz

  • UNICEF Xalq ta’limi vazirligining defektolog va psixologlarning inklyuziv ta’limdagi roli to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashdi;
  • UNICEFning ko‘magi inklyuziv ta’lim bo‘yicha 5 yillik ish rejasi ta’lim sohasining umumiy rejasiga kiritilishini ta’minladi.

Istiqboldagi rejalar

  • tanlab olingan mintaqalarda inklyuziv ta’lim uslublarini tajriba sifatida joriy etish uchun Xalq ta’limi vazirligiga texnik yordam ko‘rsatish;
  • maktabga qatnamaydigan yoki shunday xatarga uchrayotgan bolalarga alohida e’tibor qaratadigan viloyat bolalar rivojlanish markazlarida tegishli o‘quv dasturlarini joriy etish;
  • o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan va imkoniyatlari cheklangan bolalar oddiy maktablarda bilim olishlari mumkin bo‘lishiga qaratilgan alohida dasturlarni «Speshial Olimpiks» ko‘magida O‘zbekistonda tajriba sifatida joriy etish.