Maktabgacha ta’lim

Bizning faoliyatimiz

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi va ta’limi (MYBRT) UNICEF va Hukumat o’rtasida ta’lim, sog’liqni saqlash, bolalar himoyasi va muloqot yo’nalishlaridagi qo’shma dasturlarning ajralmas qismidir. MYBRT xizmatlariga, shu jumladan maktabgacha ta’lim xizmatlariga ega bo‘lish imkoniyati bolalar hayotining ilk yillarida ularni rivojlantirish va maktabga tayyorlashga xizmat qiladi. Kichik yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash UNICEFning ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekistonning oltita mintaqasida - Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida – tegishli o‘quv dasturlari doirasida sifatli maktabgacha ta’limga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Mintaqaviy murabbiylar 2159 nafar maktabgacha pedagoglarga shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim uslublarini o‘zlashtirishga yordam berdilar. Ushbu uslubiyot o’rgatilgan 53 makrtabgacha ta’lim resurs muassasalarida qamrov bir yil davomida 2841 kishiga ortdi. Bundan tashqari, maqsadli tayyorgarlikdan o‘tgan pedagoglar 106 ta qo‘shni bolalar bog‘chalarida ustozlik qilib kelmoqdalar.

Yutuqlarimiz

  • UNICEF takomillashtirilgan Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi va ta’limi bo’yicha
  • Davlat talablarini (MYBRTDT) ishlab chiqish, baholash va chop etish ko‘maklashdi.
  • Yangi o‘quv dasturining asosi tashkil qilgan MYBRTDT va shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish uslublari maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanadigan respublika va viloyat tashkilotlarining o‘quv rejalariga kiritilgan. Shuningdek, MYBRTDT bo’yicha Davlat talablari va shaxsga yo’naltirilgan o’qitish uslublari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislarini tayyorlovchi pedagogik kollejlarning o’quv dastrulariga kiritilgan.

Istiqboldagi rejalar

  • maktabgacha ta’limning to‘liqsiz kun guruhlari kabi MYBRTni nisbatan kam sarf-xarajatlar evaziga ta’minlay olishi mumkin bo’lgan muqobil dasturlarini joriy etishning afzalliklari va natijalarini tahlil qilish;
  • UNICEF vakolatxonasining ijtimoiy siyosat bo‘limi tomonidan ota-onalarning maktabgacha ta’lim dasturlarini joriy etishdan manfaatdorlik darajasini aniqlash hamda ushbu dasturlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurs va mexanizmlarni belgilash maqsadida tadqiqot o‘tkazish;
  • ota-onalar o’z farzandlarini maktabgacha muassasalarga bermayotganligi sabablarini o’rganish hamda mahalla maslahatchilarini tegishli ma’lumotlarni yig‘ish ko‘nikmalariga o‘rgatish maqsadida mamlakatning oltita mintaqasida «Rivojlanish uchun kommunikatsiya» (RUK) dasturini joriy etish;
  • «Rivojlanish uchun kommunikatsiya» dasturini amalga oshirish doirasida olingan ma’lumotlardan ota-onalar va mahallalar uchun kuchli rag‘batlantiruvchi axborotni tayyorlash hamda maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi va ta’limini qo‘llab-quvvatlash maqsadida foydalanish.