Sog‘liqni saqlash

© UNICEF Uzbekistan/Pirozzi

UNICEF milliy va xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash standartlarini yaxshilash ustida ish olib bormoqda. Ushbu sohadagi tashabbuslar xavfsiz onalik va bolalik bo‘yicha xalqaro standartlar va amaliyot integratsiyalashuvi, tibbiyot xodimlariga saboq berish hamda yuqori samarali va katta xarajatlarni talab qilmaydigan ona va bola salomatligini muhofaza qilish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalarni qamrab olgan. Shu bilan birga, UNICEF mamlakatda turli kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan tadbirlarni ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu sohada UNICEF “Bolalarga do‘stona munosabatdagi shifoxonalar tashabbusi”, axborot-tashviqot dasturlari va jamoatchilikni xabardor qilish orqali immunizatsiya bo‘yicha umummilliy tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish, oziqlanish va oziq-ovqatlarni boyitish bilan bog‘liq qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, faqat ko‘krak suti bilan emizib boqishni ilgari surishga ko‘maklashdi.

Shuningdek, UNICEF OIV-infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha choralarni, kasallikka chalinganlarni parvarishlash va qo‘llab-quvvatlashni sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiyalashtirishga yordam bermokda. Ixtiyoriy va konfidensial, ya’ni maxfiy test-tekshiruv OIV onadan bolaga yuqishining oldini olishda yordam ko‘rsatish, OITS pediatriya xizmatining imkoniyatlarini kengaytirish hamda OIVga chalingan bolalarning parvarishlanish va davolanish borasidagi imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida tug‘ruqdan oldingi parvarishlash xizmatlariga kiritilgan edi.