Ona va bola salomatligi

Bizning faoliyatimiz

UNICEF Ơzbekiston Hukumati bilan birgalikda ona va bola salomatligi sifatli tibbiy tizimidagi ahamiyatini takomillashtirishda hamkorlik qilmoqda. Asosiy e'tibor metodik masalalar bơyicha maslahatlar taqdim qilish, me'yoriy-qonuniy asosni qayta kơrib chiqish, xavfsiz xomiladorlik, chaqaloqlar va bolalar muxofazasiga taalluqli xalqaro standartlar va bayonnomalarni joriy qilish, hamda sog’liqni saqlash tizimidagi rahbarlar va mutaxassislarning imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilmoqda. UNICEF tomonidan bola hayotini saqlab qolish va rivojlanishi ustida kamxarajatli, lekin samaradorligi yoqori bơlgan tadbir tajribadan ơtkazilmoqda, ayni paytda Sog’liqni saqlash vazirligiga ushbu tajribani mamlakat miqyosiga kơtarishda va mavjud tizim sharoitiga keng ravishda joriy qilishda kơmak berilmoqda. UNICEF mahallalar va oilalar bilan ishlash bilan bir qatorda ularga bolalarga tơg’ri g’amxơrlik qilish va jamoa ishtirokida bolalarga uy sharoiti darajasida oladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilovchi tarbiyalash uslublarini qơllash imkoniyatlarini bermoqda.

Yutuqlarimiz

  • UNICEF Sog’liqni saqlash vazirligiga ona va bolaga tibbiy yordam kơrsatish bơyicha siyosiy, ma'muriy-qonuniy asosni mustahkamlashda kơmaklashdi. Tekshirilgan ma'lumotlarga asoslangan qonun-qoidalarni ishlab chiqish, muhokama qilishni qơllab – quvvatlash uchun UNICEF tomonidan Ona va bola salomatligi strategiyasi ishlab chiqishda foydalanilgan sog’liqni saqlash tizimi borasida bir qator kuzatuvlar olib borildi;
  • Sog’liqni saqlash sohasidagi 25000 dan ortiq mutaxassislar texnik bilim va malakalarini oshirdilar. Bu kabi tajriba samarali perinatal yordam kơrsatish, yangi tug’ilgan chaqaloqlar reanimasiyasi va yangi tug’ilgan chaqaloqlarni parvarishlash «yangi tug’ilgan chaqaloqlarni parvarishlab sog’aytirish» loyihasi va bolalar orasida kơplab uchraydigan kasalliklarni davolash, bolalar ơliminining oldini olish «Bolalarni parvarishlab sog’aytirish» loyihalari yordamida bajarildi.
  • Trening davomida olgan bilimlarini mutaxassislar joylaridagi hamkasblariga etkazish holatlari 29 ta viloyat ơquv markazlari orqali kuzatilmoqda. Bu markazlar Evropa Komissiyasi bilan hamkorlikda moliyalashtirilgan “ Ơzbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish (1 va 2 bosqichlar)” loyihasining bir qismi sifatida tashkil etilgan.
  • Sog’liqni saqlash vazirligiga Ona va bola salomatligi nazorati kengashining tashkil qilinishi va faoliyati borasida kơmak berildi. Ushbu kengash muzokaralar olib borish, tajriba almashish va ona va bola salomatligi sohasida kơmakni nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
  • UNICEF tomonidan kuzatilgan tug’ruqxonalarda Xalkaro tirik tug’ishni aniqlash me'zonlari qabul qilinishi qơllab - quvvatlandi va hozirda mamlakat miqyosida tirik tug’ish mezonini tadbiq qilishda Sog’liqni saqlash vazirligiga kơmak berilmoqda.
  • UNICEF rejali immunizasiyani mustahkamlashda hukumatning asosiy tashkilotlari orasida targ’ibot ishlari olib bordi va imkoniyatlarni kuchaytirdi, shu bilan birga vaksina sotib olishni 100 % davlat tomonidan moliyalashtirishni ta'minlashda kơmak berdi. Hamkorlik aloqalari va ijtimoiy mobilizasiya tadbirlari vaksinasiya qamrovini kengaytirishga (95%) kơmak berdi.

Istiqboldagi rejalar

  • UNICEF Sog’liqni saqlash vazirligini Evropa Komissiyasi bilan hamkorlikda moliyalashtirilgan
  • Ơzbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish (1 va 2 bosqichlar)” loyihasini yơlga solishda qơllab – quvvatlab boradi. Dastur asosiy e'tiborni tizimni mustahkamlash, imkoniyatlarni kuchaytirish va jamoatchilikni bolalar va ularning oilalarining sog’ligini teng huquqli, sifatli va uzluksiz muhofaza qilishga qaratadi. Yuqori saviyadagi ona va bola salomatligi bơyicha ơtkazilayotgan tadbirlar mamlakat miqyosiga, olis aholi yashash punktlarigacha etkazib olib borilmoqda;
  • Sifatni yaxshilash konsepsiyasi, mexanizmlari va omillari Ona va bola salomatligi sektorida ishlab chiqilib joriy qilinadi. Ushbu jarayon «Yangi tug’ilgan chaqaloqlarni parvarishlab sog’aytirish» va «Bolalarni parvarishlab sog’aytirish» ơquv – ta'lim loyihalari ostida keyinggi ikki yil davomida bilim va tajribaga ga bơladigan 10 000 dan ziyod mutaxassislar tomonidan qơllab – quvvatlaniladi.
  • Tibbiyot institutlarining bakalavri t va magistratura ơquv dasturlari kelgusi shifokorlarning onalar va bolalarga tibbiy yordam kơrsatishlarida jahon standartlariga javob beruvchi ta'limga ega bơla oladigan darajaga kơtarilishi ta'minlanadi;
  • Milliy immunizasiya dasturi vaksinasiya ta'minotini boshqarish, yangi vaksinalarni joriy qilish jarayonlarida qơllab - quvvatlash, xavfsiz vaksinasiya imkoniyatlarini kuchaytirish va xizmat kơrsatuvchilarning takomillashtirilgan shaxslararo muloqot malakalarini yaxshilash orqali mustahkamlanadi.
  • 12 qishloq aholi hududlaridagi oila va mahallalarga sog’lom turmush tarzi va bolani parvarishlashni yaxshilash va rivojlantirish borasidagi amaliyotlarni joriy qilishda kơmak beriladi.

Asosiy hamkorlar