Ijtimoiy siyosat

© UNICEF Uzbekistan/Pirozzi

Bolalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (BHK) va davlat dasturlari qoidalariga muvofiq UNICEF ijtimoiy siyosat dasturini amalga oshirmoqda va uning doirasida O‘zbekiston hukumati ikkita eng muhim sohalarda qo‘llab-quvvatlanmoqda. Birinchidan, bu bolalar manfaatlarini hisobga oladigan va teng imkoniyatlarni kafolatlaydigan ijtimoiy himoya va davlat tomonidan moliyalantirish tizimlarini yanada rivojlantirishdir. Ikkinchidan esa - bolalar huquqlarini har tomonlama amalga oshirish va monitoring qilishni ta’minlash uchun bolalar huquqlarini himoya qilish milliy tizimini yaratish va mustahkamlashdan iborat.