Bola huquqlari monitoringi

Bizning faoliyatimiz

UNICEF BMTning Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini (BHTK)har tomonlama hayotga tatbiq etish va uning bajarilishini monitoring qilish uchun foydalaniladigan milliy tizimni kuchaytirish borasida hamkorlik qilish bo‘yicha mahalliy va viloyat miqyosidagi hokimiyat idoralari, davlat xizmatchilarini o‘qitadigan muassasalar va nodavlat notijorat tashilotlar (NNT) bilan hamkorlik qilmoqda. UNICEF ushbu maqsadga erishish uchun ,birinchidan, bola huquqlarini hayotga tatbiq etish va montitoring qilish ishini “Bolalar farovonligi bo‘yicha viloyat harakat dasturi” orqali muvofiqlashtirmoqda. Ikkinchidan, UNICEF davlat xizmatchilarini barcha daraja va sohalarda qo‘llab-quvvatlash uchun davlat xizmatchilarini o‘qitadigan muassasalarning bolalar huquqlariga oid boxabarligini oshirmoqda.

Yutuqlarimiz

  • UNICEF milliy hamkorlar bilan birga bolalar huquqlarining takomillashtirilgan tizimi uchun asos yaratdi.
  • Viloyat hokimiyatlari vakillari BHTK monitoringi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, ularni Milliy harakat dasturiga kiritish va Viloyat harakat dasturlarini amalga oshirish hamda monitoring qilish maqsadida obyektiv ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha bilimini oshirdi. Hukumat va NNT bolalarga oid ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va hisobot berishni optimallashtirish borasida o‘zaro hamkorlik qildi. Obyektiv ma’lumotlar ustida ishlash va hisobot tayyorlash yuzasidan treninglar, davra suhbatlari o‘tkazish orqali hokimiyat vakillarining bilimi oshirildi. UNICEF bolalar huquqlari va uni targ‘ib qilish bo‘yicha tinglovchilar bilimini oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlik qildi..
  • UNICEF O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assosiatsiyasi (O‘RNNTMA) bilan 100 ta NNT xodimlarini viloyat miqyosidagi rejalashtirilgan o‘qitishga qo‘shimcha ravishda yettita viloyatdagi 21 ta NNT xodimlarini Bolalar huquqlarini motintoringi dasturi va uni amalga oshirishda o‘sha NNTlarni jalb etish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik bitimini imzoladi.

Istiqboldagi rejalar

  • Bolalar huquqlarini ta’minlash hamda bolalar huquqlariga oid boxabarlikni oshirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish uchun sektorlararo ish guruhlari (SIG) roli va salohiyatini oshirish. 5 ta viloyatda viloyat hokimiyatlari va SIG salohiyatini kuchaytirish;
  • Ijtimoiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun NNT salohiyatini oshirish. Bir yildan oshiq vaqtga mo‘ljallangan va bir necha turkumdan iborat o‘qitish loyihasi NNTlarga o‘z viloyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olish, vaziyatni tahlil qilib, uni yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash, o‘z loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ular amalga oshirilishini monitoring qilish, so‘ngra keyingi amallar uchun tavsiyali yakuniy hisobotlarni tayyorlash.;
  • Viloyatlarda fuqarolik jamiyati institutlari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari o‘rtasidagi viloyatlarda milliy miqyosdagi dasturlarni amalga oshirish, shuningdek, SIG roli va funksiyalarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish; bolalar huquqlarini monitoring qilish tizimidagi kamchiliklarni aniqlash uchun bunday hamkorlikni mustahkamlash (bolalar ehtiyojlari va ular tenghuquqligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni qaror qabul qilish va siyosatni ishlab chiqish jarayoniga kiritish orqali);Milliy va viloyatlar miqyosidagi davlat xizmatchilari hamda NNT vakillariga BHTK asoslangan bolalar huquqlarini monitoringi va ularni hayotga tatbiq qilish masalalarini o‘qitish orqali "Bolalar huquqlari to‘g‘risida"gi konvensiyani hayotga tatbiq qilish uchun bilim va salohiyatni oshirish