Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
19.07.2017 11:37:26

Oilalar birlashishiga ko‘maklashish

Chop etish versiyasi

Unicef, O'zbekiston, 2011
© Unicef, O'zbekiston, 2011
Dastur yo‘nalishi: Ijtimoiy himoya
Muallif: Rob Makbrayd

Samarqand, O‘zbekiston, 2012 yil 15 mart. — Samarqandda bir oila o‘z bog‘ida dasturxon atrofida yig‘ildi. Otasining yonida ikki o‘g‘li, o‘ng tomonda esa uning yangi rafiqasi o‘tirardi.

Biroq, ularning oilasi to‘liq emasdi.

«Qizlarimni ham oilamga qaytarishni reja qilib qo‘yganman,- deydi Avaz Rahimov. — Bu farzandlarimning o‘yi, va ular biron-bir boshqa joyda voyaga yetishini istamayman».

Oilaning ikkiga ajralishi

Rahimovning oilasi sobiq rafiqasi bilan ajrashgandan so‘ng buzildi. Rafiqasi bolalariga vasiylik qilish huquqiga ega bo‘ldi, xorijga ketganida esa ularga onasi qarardi.

Biroq, bu ishga ijtimoiy vasiylik tashkiloti aralashdi va bolalar «Mehribonlik» uyiga joylashtirildi. Bolalarni ijtimoiy muassasalarga yo‘naltirish sobiq ittifoq davridan qolib ketgan eski uslub hisoblanadi va bugun u bolalarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi barchaga ma’lum. Bunday amaliyot bolalarni oiladagi kabi alohida e’tibor, rag‘bat berish, his-tuyg‘ularga ortiqcha berilish kabilardan himoyalash imkonidan mahrum etadi.

Rahimov yangi rafiqasi bilan turmush qurgach, ikki o‘g‘li — 7 yoshli Nodirbek va yaqinda 6 yoshga to‘lgan Nazirbekni oilasiga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo, ikkala qizlari hamon muqobil vasiylikda qolib ketmoqda.

«Albatta, o‘g‘illarim yonimdaligidan baxiyorman», — deydi u va qizlarini ham qaytarib olishga qat’iy qaror qiladi. U ahil oilasida hammaga joy yetarli bo‘lishi uchun uyini o‘zgartirib, qizlari uchun yotoqxona yaratmoqda.

«Men ular uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilayapman, masalan, uyimni yangilayapman».

Murakkab vaziyatda qolgan bolalarga yordam berish

Ushbu bir oila tarixi — Oilalar va bolalarga ko‘maklashish dasturining muvaffaqiyatli natijalaridan biridir. Uning doirasida UNICEF homiyligida hayotda murakkab vaziyatga tushib qolgan bolalarga yordam berish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi. Dastur Rahimovlar oilasiga o‘xshash oilalarga oilaviy muammolarni hal etish uchun turli davlat muassasalariga murojaat qilishda ko‘maklashmoqda.

«Oddiy odamlar ko‘pincha turli muassasalarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi va bu juda murakkab ish, — deydi ijtimoiy soha xodimi Galina Kukanyans. — Lekin, bu borada biz yordam berishimiz va turli davlat organlari bilan hamkorlik qilish orqali masalani hal etishni osonlashtirishimiz mumkin. Shu bilan birga, biz mahalliy aholi va „Mehribonlik“ uylari bilan yaqin hamkorlik qilamiz».

G.Kukanyans Rahimovlar oilasi bilan ishlamoqda va oxirgi uchrashuv paytida ish yurishayotganidan xursand bo‘ldi.

«Dastlab, homiylik yordamini tashkil qilishga harakat qilamiz, — deydi u. — So‘ngra qizlarni ham yilning oxirigacha oilaga qaytarishga umid qilamiz. Maqsadimiz ham shu».

Bolalarni himoya qilish tizimini qayta o‘zgartirish

O‘zbekistonda bolalarni himoya qilish tizimini qayta o‘zgartirish UNICEF tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan muhim o‘zgarishlarning bir qismidir. Ayni paytda oilalarda tarbiyalanishi mumkin bo‘lgan bolalarni davlat vasiyligiga topshirishning oldini olish vazifasi qo‘yilmoqda.

«So‘nggi yillarda jamoatchilikni xabardor qilish, bolalarga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazdik, ushbu sohaning yetakchi mutaxassislari uchun seminarlar tashkil qildik, — deydi UNICEFning bolalarni himoya qilish bo‘yicha mutaxassisi Kristin Geyl. — Bu mutaxassislar bolalarni ijtimoiy muassasalarga yuborish yaxshi ish emasligini tushunayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz va biz ularga oila darajasida har tomonlama yordam ko‘rsatishimiz darkor.

O‘zbekiston bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida yangi bosqichga chiqmoqda. Bu xuquqiy ahamiyatga ega bo‘lishi va bolalarni himoya qilish milliy dasturi tasdiqlanishiga umid qilamiz. Barcha tomonlar, ya’ni jamiyat, oilalar va mutaxassislar qonunlarni ishlab chiqish, murakkab vaziyatda xavf ostida qolgan bolalarni to‘liq himoya qiladigan yangi tizimni yaratish jarayoniga jalb etiladi».

UNICEF bilan faol hamkorlik yuritish bolalarni himoya qilish sohasidagi qonunchilikni ijtimoiy ta’minlash va takomillashtirish milliy tizimini samarali o‘zgartirishga yordam beradi.