Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
26.05.2017 13:12:44

Bolalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatish

Chop etish versiyasi

Dastur yo‘nalishi: Umumiy o‘rta ta’lim
Muallif: Rob Makbrayd

Toshkent, O‘zbekiston, 2011 yil 2 noyabr. - Toshkent viloyatidagi yozgi «Kimyogar» oromgohida hamshira bolaning yarasini bog‘layotganda u og‘riqdan yuzini burishtirmoqda. Bu jarayonni kuzatib turgan bir guruhlar bolalar hamshiraning bunday holatlarda qanday harakat qilish lozimligi borasidagi izohlarini diqqat bilan tinglamoqda.

Bolalar yuzidagi tabassum mijozning og‘rig‘i – bu yaxshi ijro etilgan tomosha ekanidan dalolat beradi. Shunday bo‘lsada, bolalar, ehtimol, vaqti kelib, birovlarning hayotini qutqarishda ularga asqotadigan qimmatli ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha namoyish etilgan ushbu ko‘rgazmali holat yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali favqulodda vaziyatlarda tavakkalchiliklarni kamaytirish bo‘yicha o‘quv seminarning bir qismi edi. Ko‘proq samaraga erishish maqsadida har bir mashg‘ulot maktab o‘quvchilarining bevosita ishtirokida zilzila paytida odamlarni turar-joy binolaridan xavfsiz joyga ko‘chirish, gazniqobni to‘g‘ri kiyishni amalda o‘rgatish kabi vazifalarni qamrab oldi.

«Ko‘chaga chiqqanimizda hamma o‘z joyida ekanini tekshirish uchun saf tortib turamiz», – deydi 11 yoshli Ravshan Qosimov oromgohda xavfli joydan ko‘chirish bo‘yicha har kuni o‘tkazilayotgan ikki haftalik seminar mashg‘ulotidan so‘ng. Ravshan zilzila paytida qanday harakat qo‘llashni mashq qilishdan tashqari, yordam yetib kelgunicha toshqin vaqtida harakat qilish va kichik yong‘inlarni o‘chirish mashg‘ulotlarida ham ishtirok etdi.

Juda muhim saboq


O‘zbekistonda bolalar bunday favqulodda vaziyalarda harakat qilish bo‘yicha o‘qishi va tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. 1966 yilda ro‘y bergan kuchli zilzila poytaxt Toshkentni vayron qildi. Yaqinda esa, ya’ni shu yilning iyulida Farg‘ona vodiysida sodir bo‘lgan Rixter shkalasi bo‘yicha 6 balldan oshgan kuchli yer silkinishi 13 kishining umriga zomin bo‘ldi. Iqlimning global o‘zgarishi ham, ehtimol, bunday tabiiy holatlarning tez-tez ro‘y berishiga ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yevropa Komissiyasi huzuridagi Insonparvarlik yordamini ko‘rsatish departamenti va UNICEF bolalar bu kabi vaziyatlarda o‘zi haqida g‘amxo‘rlik qilishi uchun barcha ta’lim muassasalarida favqulodda vaziyatlarda tavakkalchiliklarni kamaytirish dasturlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlamoqda.

5 ming nafardan ortiq o‘qituvchi va 350 ming nafar o‘quvchi bunday holatlarda harakat qilishga o‘qitildi. Dastur har tomonlama samarali bo‘ldi va barqaror natijalar bermoqda. «Hukumat dasturning amalga oshirilishini o‘z nazoratiga olganligi kishini quvontiradi, – deb ta’kidladi UNICEFning ijtimoiy siyosat va iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassisi Linda Saturno. – Mazkur dastur o‘tgan yil yozda UNICEFning tashabbusi bilan boshlangan bo‘lib, joriy yili tashkilot bu borada biroz yordam ko‘rsatmoqda, xolos».

Tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir milliy strategiyani ilgari surish


UNICEF, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda tavakkalchiliklarni kamaytirish strategiyasini umummilliy taraqqiyot dasturiga kiritish tarafdori, va hududiy hokimiyat organlariga yirik tabiiy ofatlar ro‘y bergan holatlarda aholi, qishloq vrachlik punktlari hamda bolalar bog‘chalarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha harakat rejalarini tayyorlashda ko‘maklashmoqda.

«UNICEF faqat maktablar va o‘quvchilarga yordami ko‘rsatish bilan cheklanayotgani yo‘q, – deydi Linda Saturno. – Shu bois Hukumat bilan hamkorlik qilib, biz hamjihatligimizni kengaytirdik va tabiiy ofatlar yuzaga kelgan hollarda birlashish uchun o‘z sa’y-harakatlarimizni jamoat tashkilotlari etakchilari bilan ishlashga yo‘naltirdik».

10 yoshli Madina G‘anievaga o‘xshagan bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishga tayyor. Madina «Kimyogar» oromgohidagi trening boshlangunga qadar unchalik kuchli bo‘lmagan zilzilani boshdan kechirdi. Endi bu borada zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lganidan so‘ng, bunday holatlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi.

«O‘sha sezilar-sezilmas zilzila sodir bo‘lgan paytda men uxlayotgan edim, – deydi u. – Onam bu haqda menga keyinroq aytib berdi va agarda hozir to‘satdan yirik zilzila ro‘y beradigan bo‘lsa, biz bunga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rganmiz».