Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
19.07.2017 11:37:26

E’tibor va g‘amxo‘rlik samalalari tab

Chop etish versiyasi

UNICEF Гяиулшыефт/2010/Estey
© UNICEF Гяиулшыефт/2010/Estey
Dastur yo‘nalishi:
Muallif: Rob McBride

Toshkent, 18 noyabr 2010 yil. - Ijtimoiy xodima Yelena Vorobyova boshiga tushgan kulfatdan zo‘rg‘a o‘nlangan bu oilaning holidan tez-tez xabar olib turadi. Oila Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan birida yashaydi. Ushbu xonadonning eng muhim muammosini hal etishda UNICEF dasturi doirasida saboq olgan ijtimoiy xodimlar ham yordam berdi.

14 yoshli Shahzoda Mavlonova bir necha yil avval onasidan judo bo‘lgach, xolasi Oynisa Abduqayumovaning qo‘lida qoldi. Xolasi Shahzodani o‘z qizidek yaxshi ko‘radi - yeru ko‘kka ishonmaydi.

Opam bilan juda ahil-inoq va qalin edik, - deydi Oynisa. - Oilaimiz doim ahillikda yashagan. Bolalarning onasi vafot etgandan so‘ng ularni men asrab olishim tabiiy edi. Lekin ijtimoiy xodima Yelena yordam bermaganida, hujjatlarni yolg‘iz o‘zim to‘g‘ri rasmiylashtirishim oson bo‘lmasdi, albatta.

Ijtimoiy xodimlar Oynisaga tegishli tartib-qoidalarni tushuntirib, jiyanini rasman asrab olishida yaxshi ko‘mak ko‘rsatdi. Ayni paytda, ular O‘zbekistonda davlat tomonidan UNICEF ko‘magida tashkil etilgan Oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash xizmati faoliyati haqida batafsil so‘zlab berdilar. Mazkur xizmat asrab olingan farzandlarni parvarish qilishda har tomonlama yordam ko‘rsatadi.

Yelena Vorobyovaning ta’kidlashicha, yetim qolgan yoki ota-onasi tashlab ketgan bolalarga vasiylik qilishning muqobil yo‘llarini izlash muhim ahamiyatga ega.

“Bunday vaziyatlarda Oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash xizmati eng maqbul yechimlarni izlaydi,- deydi Yelena.- Mazkur vaziyatda bunday muammo qarindoshlari qizchani asrab olishi bilan yechim topdi. UNICEF tomonidan tash il etilgan o‘quv bizga ijtimoiy ish bo‘yicha mahorat va ko‘nikmalarimizni oshirishda yaxshi yordam berdi. Endilikda oilalar xizmatlarimizdan ko‘proq boxabar bo‘lib, bizga tez-tez murojaat qila boshladi”.

Bolalar manfaatlarini ta’minlash yo‘lida


Uy vazifasini bajarib o‘tirgan 8 yoshli Zokir Solihov bizga o‘z o‘qishi to‘g‘risida so‘zlab beryapti. Bu orada u matematika fanidan olgan Faxriy yorlig‘ini faxr bilan ko‘rsatib qo‘yishni ham unutmadi. Zokirning omadi keldi: hali go‘dakligida ota-onasi undan voz kechganiga qaramay, hozir to‘kis oilada, hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitda yashaydi. Uni Shuhrat va Orzuxon Mahkamovlar o‘zining ikki farzandi bilan birga tarbiyalashga qaror qildi. UNICEF dasturi bo‘yicha qayta tayyorgarlikdan o‘tgan boshqa ijtimoiy xodim – Ra’no Rahimova mazkur oilaga go‘dakni asrab olish masalasida ko‘maklashdi. Oila Zokirni rasman o‘z qaramog‘iga oldi.

Bolani asrab olish - ota-ona mehridan judo bo‘lgan bolalar muammosining eng ma’qbul yechimidir. Bunda, eng muhimi, bola manfaatlariga ziyon yetmasligida. Bola uchun oilada yashash imkoni - masalaning eng yaxshi yechimidir. Buni hech kim rad etmasa kerak, - deydi Ra’no Rahimova

Oila bag‘rida


Oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash xizmati O‘zbekistonning bir necha hududlarida o‘z faoliyatini yanada takomillashtirmoqda. Bunda ularga UNICEF ham ko‘maklashmoqda. Ana shunday faoliyat samarasida zaif oilalarning ijtimoiy masalalarga oid xabardorligi va ushbu xizmatlar yordamidan foydalanish istagi tobora ortayotganligi kuzatilmoqda.

Bunda UNICEF barcha bolalar oilada yashash, o‘z oilasini bilish va imkon qadar unda tarbiya topish huquqiga ega ekanligi o‘z in'ikosini topgan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga binoan faoliyat yuritmoqda. Oilaning bola hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqib, farzand tarbiyasida ko‘makka muhtoj oilalar bunday yordamdan bahramand bo‘lish huquqiga egadirlar.