Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
24.03.2017 16:55:01

Tabiiy ofat: harakat saboqlari

Chop etish versiyasi

UNICEF Uzbekistan/2010/Estey
© UNICEF Uzbekistan/2010/Estey
Dastur yo‘nalishi:
Muallif: Rob McBride

Toshkent, 11 noyabr 2010 yil. - Bo‘stonliq tumanidagi «Kimyogar» yozgi lagerida bolalarning tushlikdan keyingi dam olishi boshlanganiga ancha bo‘ldi. Biroq ahyon-ahyonda yengil kulgi va sirli pichirlash quloqqa chalinadi.

Otryadlar yetakchilari kutilmaganda yotoqxona chiroqlarini yoqib, derazalardagi pardalarni ochib yuboradi. Bolalar shu zahoti harakatga tushadi. Ular buni puxta o‘rgangani seziladi - joylaridan sakrab turib, go‘yo haqiqiy zilzila yuz bergandek, bir zumda krovatlari tagiga kirib oladi. So‘ng ular kiyimlarini kiyib, quyosh nurlari charaqlab turgan lager maydoniga xonalaridan ahillik bilan chiqib keladi. Bolalar “kutilmaganda” yuz bergan favqulodda hodisadan so‘ng o‘zini bosib olishi uchun o‘tgan shu bir necha daqiqa kifoya qiladi.

Ham o‘in, ham saboq


Bolalar lagerdagi bunday mashqlarni odatdagi o‘yin sifatida qabul qiladi. Lekin bu jarayonda ular yaxshi tajriba orttiradi.

Tarbiyachilarimiz barchamiz shu yerda ekanligimizga ishonch hosil qilishi uchun, xonamizdan chiqib, belgilangan joyda to‘planishimiz kerak, - deydi 11 yoshli Ravshan Qosimov. Lagerdagi dam olishi asnosida Ravshan zilzilaga oid ko‘p yangiliklarni bilib oldi. Toshqin paytida qanday jon saqlash, tegishli yordam yetib kelguncha yong‘inni o‘chirish uchun nimalar qilish mumkinligi haqida u bugun batafsil so‘zlab berishi mumkin.

Har yili yozda bolalar dam oladigan Bo‘stonliq tumanidagi go‘zal tabiat qo‘ynida joylashgan ushbu lagerda tabiiy ofatni tasavvur qilish juda qiyin. Biroq 1966 yildagi dahshatli zilziladan so‘ng Toshkent shahrida barpo etilgan Jasorat monumenti yuz berishi mumkin bo‘lgan ofatlarni eslatib turadi. Qo‘shni Qirg‘izistonning janubida o‘tgan yili sodir etilgan va ko‘pming sonli qochqinlar oqimiga sabab bo‘lgan fojeali voqyealar ham kimki kutilmagan kulfatga tayyor bo‘lsa, o‘sha yutishini ko‘rsatdi.

Kutilmagan voqyealarga shay turish


O‘zbekistonning davlat tuzilmalari bollar va yoshlar kelgusida turli tabiiy ofatlarga qarshi tura olishi va ulardan jabr chekmasligini ta’minlash maqsadida, Yevropa Komissiyasining Fuqaro aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish va himoya qilish departamenti hamda UNICEF ko‘magida bolalar va yoshlarni bu borada o‘qitish dasturini tashkil etdi.

Tabiiy ofatlar va ularga qarshi harakatlarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda 300 mingdan ortiq o‘g‘il-qiz saboq oldi. Ular esa, o‘z navbatida, o‘zlari o‘zlashtirgan bilim va ma’lumotlarni oilalari a’zolariga yetkazadi.

O‘quv jarayonida bunday mashqlar tez-tez o‘tkazib turiladi, - deydi Toshkent viloyati Fuqaro mudofaasi o‘quv markazining rahbari Xusniddin Aglayev. - Bolalar tegishli materiallarni uyiga olib borib, o‘z oila a’zolariga ko‘rsatadi va shu yo‘sinda bizning ishimizdan ko‘p sonli aholi boxabar bo‘ladi.

Madina G‘aniyeva endi 10 yoshga to‘lgan bo‘lsada, lekin zilzilani boshidan kechirgan.

O‘shanda zilzila unchalik kuchli bo‘lmagan. Men uxlab yotgan ekanman. Keyinchalik onam aytib berdilar, - deydi u.- Agar kuchli zilzila ro‘y bersa, biz endi to‘g‘ri harakat qilishni bilamiz.