Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
24.03.2017 16:55:01

Bolalarni ularning ehtiyojlariga e’tibor qaratgan holda o‘qitish

Chop etish versiyasi

UNICEF Uzbekistan/2011/Pirozzi
© UNICEF Uzbekistan/2011/Pirozzi
Dastur yo‘nalishi:
Muallif: Rob Makbrayd

Toshkent, O‘zbekiston, 2011 yil 15 dekabr. - Bu tadbirning eng qiziqarli o‘yini bo‘ldi. Bir guruh o‘smirlar jamoasi uzun metall tayoqchani faqat ko‘rsatkich barmoqlar bilan ushlab turish va tushirib yubormaslik sharti qo‘yilgan o‘yinda faol ishtirok etdi. Bu e’tiborni bir joyga jamlash va birgalikda ishlash qobiliyatini sinab ko‘rish uchun UNICEF ko‘magida Toshkent shahridagi 66 -maktabda tashkil etilgan timbilding oromgohidagi eng esda qolarli voqyea bo‘ldi.

Maktablar kelgusi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida bolalar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan o‘qitish va rivojlanishga yondashuvni joriy etish maqsadida turli tadbirlarni o‘tkazmoqda. Qo‘shni maktablardan 30 nafarga yaqin o‘g‘il -qiz ishtirok etadigan liderlik dasturi bolalarga peshqadam bo‘lish, ularni maktabni boshqarishga jalb etish imkonini beradigan tadbirlardan biridir.

Bolalar bolalar bilan suhbatlashadi


O‘yinlar ishtirokchilari yetakchi qanday bo‘lishi kerakligini tez o‘rgandi.

Yetakchi - nihoyatda mas'uliyatli va g‘ayratli odam, - dedi 14 yoshli Akmal Rajabov. -U boshыalarga baqirmasligi lozim, ammo shu bilan birga, ko‘ngilchan ham bo‘lmasligi kerak.

Dastur tashkilotchilari ishtirokchilarni bir qancha maktablarning boshqalarni o‘z ortidan ergashtirish salohiyatiga ega o‘quvchilari orasidan tanlab oldi.

«Men sinfimda yetakchiman va sinfdoshlarim uchun ko‘plab seminarlar o‘tkazaman, - dedi 13 yoshli Iroda Soxidjonova. - Shuning chun bunday ko‘nikmalarni o‘rgatish bo‘yicha maxsus seminar tashkil etishni xohlayman».

Do‘stona maktablarga o‘tish


Bolalar ehtiyojlariga e’tibor qaratgan holda, ta’limga bunday yondashuv O‘zbekiston ta’lim tizimida bolaga do‘stona munosabatda bo‘ladigan maktablar tizimini joriy etish tashabbusi orqali amalga oshirilayotgan istiqbolli o‘zgarishlarning bir qismi, shuningdek, o‘qituvchilar uchun ushbu dasturni hayotga tatbiq etish davomida eng yaxshi natijalarga erishish maqsadida o‘tkazilayotgan maxsus seminardir.

Bunday model maktablarga o‘quv jarayoni mazmun-mohiyati, bag‘rikenglik, gender masalalari, maktab hayotida bolalarning rolini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan holda, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish va ular uchun xavfsiz, sog‘lom muhit yaratish imkonini beradi.

Mamlakat g‘arbida joylashgan Qoraqalpog‘istondagi Nukus pedagogika kasb-hunar kollejida o‘qituvchilar ushbu dasturni tajriba o‘tkazilgan 30 maktabda amalga oshirish natijalarini baholadi. Ular bu boradagi yutuqlar va olingan saboqlarni muhokama etdi.

«Ta’limga bolalar ehtiyojlariga asoslangan holda bunday yondashuv nihoyatda muhim, - deydi dasturning amalga oshirilishini kuzatgan kollej direktori Iskandar Piniyazov. - Negaki, bunday holatda o‘qituvchilar va o‘quvchilar hamkorga aylanadi hamda har ikki tomon ham yutuqqa ega bo‘ladi».

Qo‘shni Amudaryo tumanida o‘tkazilgan shunday seminarda boshqa o‘qituvchilar guruhi ishtirok etdi. «Seminardan so‘ng ular egallagan ko‘nikmalarini o‘z hamkasblari bilan o‘rtoqlashishiga ishonaman va bu katta o‘zgarishlarga olib keladi»,- seminar yetakchisi Tamara Kenjayeva.

Darhaqiqat, bunday seminarlar o‘qituvchilarga bolalar huquqlariga rioya etishga asoslangan yangi o‘qitish uslublarini tushunishga yordam beradi, - deydi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ta’lim bo‘limi mudiri Merilin Oar. - Ularga yangicha harakat qilish ma’qul keladi.

Olis hududlarda joriy etish


Keyingi 10 yilda aksariyat mamlakatlar maktab ta’limining bolalar ehtiyojlariga asoslangan yangi tizimiga o‘tdi. O‘zbekistonda bu dastur Xalq ta’limi vazirligi, UNICEF, O‘qituvchilar malakasini oshirish instituti va boshqa pedagogika muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Dastur mamlakatning sakkiz hududidagi, shu jumladan Qoraqalpog‘istondagi tajriba o‘tkazilayotgan 1028 maktabda muvaffaqiyatli joriy etildi. Mamlakatning ushbu olis hududi Orol dengizining qurishidan ko‘proq zarar ko‘rdi va bu uning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bois bu yerda yashayotgan bolalarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish lozim.

Birorta ham bolani e’tibordan chetda qoldirmaslik, eng chekka hududlarga ham borish zarur, - deydi UNICEF sog‘liqni saqlash sektori mudiri Xari Krishna Banskota.

O‘zbekistonda o‘qituvchilar va o‘quvchilar ta’limda tenglikka erishish maqsadida maktablarda har bir bolaga o‘z huquqlaridan foydalanish imkonini beradigan standartlarni qo‘llamoqda.