Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
21.09.2017 15:48:18

Bolalar kasalliklarning oldini olish uchun qo‘lni to‘g‘ri yuvishni o‘rganmoqda

Chop etish versiyasi

UNICEF Uzbekistan/2012/Kadirov
© UNICEF Uzbekistan/2012/Kadirov
Dastur yo‘nalishi:
Muallif: Nigina Baykabulova
Farg‘ona vodiysi, O‘zbekiston, 2012 yil 5 iyun. -Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatida e’lon qilingan Gigiyena va gijjaga qarshi haftalik davomida 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 900 nafarga yaqin bolaga gijjaga qarshi dorilar berildi.

Ushbu jarayon mobaynida 3 mingta maktabda sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinib, bolalarga qo‘lni sovun bilan to‘g‘ri yuvish yana bir bor o‘rgatildi. Tadbirda qo‘lni tegishli ravishda yuvish va gijja hamda boshqa kasalliklar paydo bo‘lishining oldini olish o‘rtasida bog‘liqlik borligi ko‘rsatildi.

Qo‘lni yuviish o‘yinlari va darslari


Tadbirning bosh qahramoni masxaraboz Tozavoy Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 2-o‘rta maktabga tashrif buyurib, bolalarni qiziqarli hazillari bilan xushnud etdi, ularni qo‘lni yuvish jarayoniga jalb etdi. Bolalar Tozavoy bilan birgalikda «Maaza, maaza, kanday toza!» qo‘shig‘ini aytib, qo‘l kaftlarini ishqalab yuvdi.

Masxaraboz Tozavoy o‘g‘il-qizlarga uni televizor orqali va maktab plakatlarida ham ko‘rishi mumkinligini aytdi. U o‘quvchilardan boshqa bolalar, do‘stlari va qo‘shnilariga ham to‘g‘ri gigiyena haqida so‘zlab berishini iltimos qildi. “Sizlar maktabda va uyda qo‘lni yuvish bo‘yicha chempion-qahramonlar bo‘lishingiz istayman”, - dedi Tozavoy.

O‘yin tarzida o‘tkazilgan qo‘l yuvish darsi o‘z samarasini berdi. Olti yoshli Dilshod Abdurahimov bunday dars paytida nimalarni o‘rganganini tushuntirar ekan, “hojatxonaga borgach, ovqat yeyishdan oldin va keyin, hayvonlarni siypalagach va ko‘chada o‘ynab kelganimizdan so‘ng qo‘limizni albatta yuvishimiz kerak» dedi.

Gijjaga qarshi kurash


Bu Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va UNICEF tomonidan o‘tgan yilning noyabrida boshlangan hamda Farg‘ona vodiysidagi bolalarni gijjadan himoya qilishga qaratilgan dasturni amalga oshirishning ikkinchi bosqichi bo‘ldi.

Bosqich davomida bolalarga gijjaga qarshi kurashda eng samarali preparatlardan biri - mebendazol dorilari berildi. “Sog‘lom tanda - sog‘ aql”, degan o‘zbek maqoli bor. Mazkur loyiha nafaqat bolalar, balki biz, o‘qituvchilar uchun ham foydalidir», - dedi maktab direktori Muhabbatxon Sobirova.

2011 yil UNICEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Farg‘ona vodiysida o‘tkazilgan tadqiqot hududda yashayotgan 75 foiz bolaning organizmida gijja borligini ko‘rsatdi. UNICEF sog‘liqni saqlash va ta’lim organlarini gijjaga qarshi kurash choralarini amalga oshirishga chaqirdi. Negaki, bu parazitlar ozuqa moddalari va mikroelementlarning hazm bo‘lishiga to‘sqinlik qilgan holda, kognitiv qobiliyatni zaiflashtirib hamda o‘qish imkoniyatlarini pasaytirib, bolalarning o‘sishi va rivojlanishiga jiddiy xavf solishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vazirligi UNICEF ko‘magida gigiyena va salomatlik sohasida barqaror natijalarga erishish maqsadida Gigiyena va gijjaga qarshi kurash haftaligini tashkil etish, shuningdek, “Suv, sanitariya va gigiyena” dasturi bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani hamkorlikda ishlab chiqishga doir shoshilinch choralar ko‘rdi.

Bolalar baxtli va sog‘lom bo‘lsin!


«Gigiyena bo‘yicha dastur davom etishi va bir hafta bilan cheklanib qolmasligiga umid qilamiz. Biz bu odatga aylanishini istaymiz. Har bir maktabda qo‘lni yuvish uchun barcha zarur sharoit, suv va sovun bo‘lishi muhim. Shuning uchun o‘zbekistonlik bolalar uchun uzoq muddatli ijobiy natijalarga erishish maqsadida hududiy hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor tomonlarni gigiyenaning uch elementi, ya’ni toza suv, sanitariya va qo‘lni yuvishni ustuvor vazifalar sirasiga kiritishga da’vat etamiz», - deydi UNICEFning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mudiri Savita Varde-Nakvi.

Gigiyena haftaligini samarali o‘tkazishda UNICEF tomonidan bir million dona mebendazol dorisini, shuningdek, maktablarda gigiyenani targ‘ib qilish vositalarini sotib olishda yordam ko‘rsatildi. Mahalliy televideniye va radio orqali gigiyenaga qo‘lni yuvish orqali rioya etishni targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatuv hamda eshittirishlar namoyish etildi.

Bunday xayrli ishda ishtirok etayotganimdan faxrlanaman va bolalarga gigiyenaga rioya etishni o‘yin orqali o‘rgatish menga juda yoqadi, - dedi masxaraboz Tozavoy. - Mening vazifam odamlarga biroz bo‘lsada, quvonch, baxt ulashish. Hozir men bolalarga qo‘lni sovun bilan yuvishga o‘rgatib, ularning baxtli va sog‘lom bo‘lishiga yordam berishim mumkin. Buni biz maqsadga muvofiq jarayon deb hisoblasakda, har doim ham amalda qo‘llamaymiz.