Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
17.11.2017 18:34:06

Eng kuchli rishtalar

Ota-ona va farzand o’rtasidagi bog’liqlik bola rivojlanishining salomatlik, ta’lim va umumiy farovonlik kabi faktorlarini birlashtiradi. Bolada o’z onasi, otasi yoki asosiy tarbiyachisi bo’lgan boshqa insonga bog’liqlik yaxshi rivojlanmasa, bu bolaning kelgusi xayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Bog’liqlikning ahamiyatini o’rganib va ta’riflagan ilk ruhshunos Jon Boulbining ta’kidlashicha, bog’liqlik bola va uning tarbiyachisi o’rtasidagi munosabatlarning o’ziga xos va aniq chegaralangan jihati bo’lib, u bolaning o’zini himoya ostida va havfdan holi xis qilish ehtiyoji bilan bog’liqdir.

Bog’liqlik bola bilan o’ynash va uning ko’nglini olish, uni ovqatlantirish, chegaralarni belgilash yoki uni yangi ko’nikmalarga o’rgatishdan iborat emas. Bog’liqlik bola o’z ota-onasi yoki boshqa asosiy tarbiyachisiga u yerdan turib, dunyoni kashf etishga kirishadigan bexatar boshpana sifatida qaraydi, kerak bo’lganida esa uni o’ziga taskin beruvchi manba’ sifatida qaraydi. Ota yoki ona bilan bola o’rtasidagi mustahkam rishta bolani stressdan himoya qilishi mumkin.

Agar bolaning o’z ota-onasiga nisbatan munosabatini “bog’liqlik” deb atasak, ota-ona o’z kichkintoyining kayfiyati va tuyg’ulariga e’tiborli ekanligini “sozlanganlik” deb atashimiz mumkin. Farzandiga “yaxshi sozlangan” ota-onalar kichkintoyining tuyg’ulariga darhol e’tibor beradilar va yuz ifodasi (tabassum, nigoh), mehrga to’la ohang , shuningdek imo-ishoralari va harakatlari orqali u bilan emotsional aloqa o’rnatadi. Shunday o’zaro muloqot orqali “sozlangan” ota-ona chaqaloqqa u o’zini qanday xis qilayotganligini, nima istayotganligini va unga nima kerak bo’lishi mumkinligini anglayatonganligini ko’rsatadi. “Sozlangan” ota-onalar farzandlariga o’z xis-tuyg’ularini kashf etishlari va ularni boshqarishni o’rganishlarida yordam beradi.  

Kichkintoylar eng boshidan boshlab individual tafovutlarni namoyish qiladilar va ota-onalari bilan o’z munosabatlarini shakllantiradilar. Ular o’z ehtiyojlari va istaklariga egalar: ularga nimadir yoqadi, nimalardir esa yoqmaydi, nimadir ularga quvonch va huzur bag’ishlasa, nimalardir qo’rqitadi va stress holatiga olib keladi. Ilk onlaridan boshlab ular belgilar orqali o’z ehtiyojlari, istaklari, xush ko’rgan narsalarini yoki his-tuyg’ularini anglata boshlaydilar va bu uslub, asosan, tobora murakkablashib boruvchi noverbal muloqot shaklida amalga oshiriladi.

Ota-onalarning munosabati o’rtadagi bog’liqlikni mustahkamlashi ham, aksincha unga putur etkazishi ham mumkin. Kichkintoy bilan yoqimli ovozda gaplashuvchi, unga tabassum qiluvchi, uni maqtab turuvchi, unga jismonan yaqin turuvchi, ijobiy iboralardan foydalanuvchi, u bilan o’zaro harakatlarda ishtirok etuvchi va emotsional iliqlikni namoyish etuvchi ota-onalar o’zaro mehr va mustahkam bog’liqlikni shakllantiradilar. Salbiy munosabatga sozlangan, hamma narsani rad etish va hamma narsaga aralashishga moyil bo’lgan ota-onalarning farzandlari aksariyat hollarda emotsional yaqinlikdan o’zini olib qochadigan bo’lib ulg’ayadilar.

Har bir bola o’ziga xosdir. Shuning uchun ham barcha bolalarga qo’llash mumkin bo’lgan umumiy bir yondoshuvning o’zi yo’q. Bolani qiziqtirmaydigan faoliyatlarga majbur qilish shafqatsizlikdir va buning natijasida bola stressga tushishi va asabiy bo’lib qolishi mumkin.

Bola bilan ijobiy munosabat o’rnatishning bir talay uslublari mavjud. O’rtada mehr yuzaga kelishi uchun ba’zan unchalik ko’p vaqt talab qilinmasa, ba’zida esa, bu yo’lda katta qiyinchiliklarga duch kelinadi. O’rtangizdagi yaqinlik tobora ortib borishi muhim ahamiyatga ega. Farzandingiz bilan o’rtada mehrga qurilgan munosabatlarni shakllantirishingiz uchun etarlicha vaqtingiz bor, lekin buning uchun ushbu faoliyatga bor xis-tuyg’ularingiz bilan kirishishingiz lozim, chunki aynan shu bunday munosabatni yuzaga keltirishning kaliti hisoblanadi. Kichkintoyingizga hush keladigan narsalarda o’zining individual istaklari bo’lishi mumkin va bunday narsalarni unga ko’proq taqdim etsangiz, uning yuzlari hayratdan charaqlab ketadi.

Bog’liqlikni tadqiq etgan ruhshunoslarning umumiy fikriga ko’ra, eng asosiy narsa – ota-onaning haqiqiy kirishganligi va mehridir. Hattoki farzandiga o’zi istaganicha vaqt ajratolmasada, mehr ota-ona va bola o’rtasida mo’jizalar yaratishi mumkin.

Marta o’qilgan: 840