Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
17.11.2017 18:34:06

Oiladagi ahillik ota-onalar farovonligidan boshlanadi

Homilardorlik va tug’ruqdan keyingi davr ham ona, ham ota uchun alohida ahamiyatga ega. Aynan shu davrda ular katta quvonch va ayni chog’da ulkan ikkilanish va xavotirni boshdan kechirishlari mumkin. Aksariyat hollarda shunday davrda, ya’ni ulardan barcha baxt va quvonch belgilarini kutayotganida, yosh ota-onalar qo’shimcha yordamga muhtoj ekanliklarini aytishdan xijolat boladilar..

Bunday yordam turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: ularni hamdardlik bilan tinglashdan boshlab, aniqroq maslahat va yordam berishga qadar. Bu oddiy holat va bunda uyalishga o’rin yo’q. Barcha e’tibor bolaga qaratilgan vaqtda, ota-onalar uchun juda qiyin bo’lishi mumkin. Bola tug’ulguniga qadar va u dunyoga kelgan keyin ona va ota o’zlarini xotirjam va dadil his etishlari hamda ular o’rtasida ahillik hukmron bo’lishi juda katta ahamiyatga ega.

Bola tug’ulganidan keyin ota-ona tuyg’ularga ko’proq berilishi normal holatdir. Gormonal o’zgarishlar, uyquning etarli bo’lmasligi, yangi tug’ilgan chaqaloq bilan yashashga moslashish hamda ularning yangi, ota-ona mavqesidagi rollari bilan bog’liq holda o’z orzulari va boshaqalarning ulardan kutganlariga moslashish ularga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bola tug’ilganidan keyingi bir necha kun davomida ayollarning aksariyati kayfiyatlari tez-tez o’zgarib turuvchi ma’lum bir davrni boshdan kechiradilar va bu holatni tushuntirishga o’zlari ham qiynaladilar. Agar onalar yoki otalar g’amginlik, havotir, tushkunlik, aybdorlik yoki umidsizlik kabi hislarni tug’ruqdan keyingi bir necha haftadan ko’ra ko’proq vaqt davomida boshdan kechiradigan bo’lsalar, bu tug’ruqdan keyingi depressiya yoki boshqa biror buzilish mavjudligidan dalolat bo’lishi mumkin.

Barcha oila a’zolari endigina ona bo’lgan ayolga tushungan holda munosabatda bo’lishlari katta ahamiyatga ega. Quyida muammolarni chetlab o’tishda yordam berishi mumkin bo’lgan amaliy maslahatlar keltirilgan:

  • Tug’ruqdan keyingi depressiya to’g’risida imkon qadar ko’proq ma’lumotga ega bo’ling.

  • Bunday davrda hech qanday muhim qarorlarni qabul qilmaslikka harakat qiling. Depressiya holatidagi ayolingiz unchalik teran fikrlay olmayotgan bo’lishi va tushkunlik kayfiyatida bo’lishi mumkin.

  • Unga nisbatan sabr-qanoatli bo’lishga harakat qiling. Balki uni nima bezovta qilayotganligiga quloq solib, unga yordam berishingiz kerakdir.

  • Nizolarga yo’l qo’ymaslikka harakat qiling. Ayolingiz sizga aziyat etkazish yoki janjal boshlash uchun nimadir deyishi yoki qilishi mumkin. Uning qattiq g’azablanishi yoki o’zini aybdor his etishi bunga sabab bo’lishi mumkin.

  • Ayolni o’z hislarini aytib berishga ko’ndirishga harakat qiling. Ayolga ko’nglidagilarni to’kib-solish imkonini bering, uning qiyinchiliklarini jiddiy qabul qiling va unga dalda bering, uni o’z his-tuyg’ularini siz bilan o’rtoqlashishiga chorlang, uning gapini bo’lmasdan hamda fikrlar yoki maslahatlar taklif qilmasdan uni nimalar bezovta qilayotganligini tinglang, u o’zi mustaqil qaror qabul qilishi imkonini bering, sizning yordamingizda barcha muammolarni engib o’tib, endilikda salomatligini tiklashga muvaffaq bo’layotganligi to’g’risidagi fikrni qabul qilishi va unga ishonishiga yordam bering.

  • O’zingiz va farzandlaringizga yaxshi qarang.


Marta o’qilgan: 1072