Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
19.09.2017 22:08:08

Nogironligi bo’lgan bolalarning ota-onalari uchun 10ta tavsiya

Pensilvaniyaning Indiana universitetida klinik ruhshunoslik yo’nalishida faoliyat yuritadigan psixologiya fanlari doktori Darla Klayton tomonidan berilgan bir necha tavsiyalar bilan o’rtoqlashmoqchi edik. Doktor Darla Klayton xonim o’z sohasining mutaxassisi bo’lishi bilan birga, ikkita ajoyib farzandning – bir qiz va miya falaji (tserebral paralich) bilan kasallangan o’g’il farzandning onasi hamdir. U o’ziniki singari vaziytga tushgan ota-onalarga aytmoqchi bo’lgan mulohazalarini sodda tilda bayon etgan. Umid qilamizki, mazkur tavsiyalar ko’pgina ota-onalar uchun o’z farzandlarini voyaga yetkazishlarida foydali bo’ladi.

1) Yolg’iz emas ekanligingizni yodda tuting.  
Odamlar orasida sizning farzandingizdagi kabi alomatlari bor bo’lgan biron boshqa kishi topilmasligi mumkin, ammo shunga o’xshash muammolarga yuz tutgan odamlar bor. O’sha odamlarni topishga harakat qiling. Siz ular bilan do’stlashib olishingiz va bir-biringizga ishonchli yelkadosh bo’la olishingiz mumkin. Gohida sizni yaxshi tushunadigan odamga o’z xasratlaringizni aytishingiz orqali dardingizga malham topgandek bo’lasiz. Bundan tashqari, yolg’iz emasligingizni his qilishingiz sizga yengillik bag’sh etadi.

00682.JPG

2) Farzandlaringiz bilan birga maroqli vaqt o’tkazing. 
Juda ham zo’r deb qaraladigan ota-onalar doimo band bo’ladilar va odatda bo’sh vaqtlari umuman bo’lmaydi. Ammo kundalik jadvalingizdagi barcha ishlar muhim bo’lgani qatori, o’z farzandlaringiz bilan birga o’ynash, kulish, o’zingizni kulgili tutishingiz va ulardan maroq olishiningiz uchun vaqt ajratishingiz ham muhimdir. Ularga biron hikoya o’qib bering, bag’ringizga bosing, o’z tasavvurlarida ular uchun ahamiyatli bo’lgan narsalarga siz ham qiziqish bildiring. Kasalxonaga taalluqli bo’lmagan xotiralarni elang. Ular eng avvalo bolalar-ku!

3) O’zingizni ayblamang. 
Farzandlari nogironlik bilan tug’ilgan ko’pchilik ota-onalar butun umrlari davomida o’zlarini aybdor ded biladilar. Bu yaxshilik bilan tugamaydi. Buni unuting. Siz bunday bo’lishini sira ham istamagansiz axir. Siz hech qachon jinoyt qilmagansiz. Siz maxsus farzandning odatiy ota-onasisiz xalos. O’z diqqat-e’tiboringizni farzandingiz uchun hayotni osonroq kechishini ta’minlashga qarating, ich-etingizni yeyishni bas qiling. Go’daklarga xushchaqchaq ota-onalar kerak, o’z-o’zini ayblayveradiganlar emas.

4) Ota-ona bo’lish qiyin ish. Alohida ehtiyojlari bo’lgan farzandning ota-onasi bo’lish esa yanada mushkul.

Yanada ko’proq jonbozlik ko’rsating va hayotni yanada qiziqarli qilishga intiling. Mashaqqatlarga yuz tutar ekansiz, siz albatta taqdirlanasiz. Gohida o’sha mukofotni o’z qalbingizdan izlashingiz kerak bo’ladi.. Yana bu shunday holki, odatda bu ishning yakuniga yeta olmaysiz, o’zingizni xuddi marafon yuguruvchisi kabi his etishga to’g’ri keladi. Nafasni rostlab olishga va bir qultum suv ichish uchun to’xtaysiz-da, yana yugurishda davom etasiz.

WG9P2715.JPG

5) O’zingizni yo’qotmang.  
Alohida ehtiyojlari bo’lgan bolaning ota-onasi bo’lganingiz sababli o’zliging qayta shakllanishiga yo’l qo’ymang.  Butun hayotingizni, munosabatlaringizni, barcha borlig’ingizni farzandigizga va uning ehtiyojlariga qaratar ekansiz, o’zigingizni unutmang. Kitob o’qish, qiziqishingizdagi ishlarni bajarish, o’zingizga biron narslar xarid qilish singari siz uchun qiziqarli va maroqli bo’lgan mashg’ulotlar, Bilan band bo’ling.

6) Kichik narsalarni ham nishonlang! 
O’zgalarga ahamiyatsiz tuyilishi mumkin bo’lgan, ammo farzandlarimiz uchun ulkan bo’lgan yutuqlar to’g’risida maqtaning! Bolalarimiz o’zlarining soatlari bo’yicha rivojlanadilar, ular ko’pgina ko’nikmalarni kechroq hosil qiliadilar, ayrimlarini esa, hech qachon o’zlashtira olmaydilar.  Avvallari qimirlay olmaydigan oyoq barmoqlarining endi qimirlashi, so’z, jumla, tabassum, quchoqlash, umumane’tirofga loyiq hamma narsani sizni va farzandingizni sevadigan kishilar bilan nishonlang.

7) Holatlari siznikidan o’zgacha bo’lgan, odatiy ota-onalar sizni umidsizlikka tushirishlariga yo’l qo’ymang. 
Boshqa ota-onalardan, sizning farzandingizdan olti oylik kichkina bo’lgan, farzandlari yurib ketgani to’g’risida eshitish, ayni paytda o’zingizning farzandingiz hali ham yura olmasligini bilish naqadar qiyin ekanligini bilaman. Yoki biron notanish kishining beg’araz ravishda, “nima uchun 2 yoshga yetgan bolangiz hanuzgacha o’tirgan holatda orti bilan sudralib harakat qilmoqda, u axir allaqachon yurib ketgan bo’lishi keak ediku” mazmunidagi savollariga javob berish naqadar mushkul ekanini ham bilaman. Bu kabi kishilar, biz doimiy ravishda tushishga to’g’ri keladigan vaziyatimizdan yiroq ekanliklarini yodda tutishga harakat qiling. Ularga tushuntiring, sabrli bo’ling, bunday narsalarni fahmlay olmaydiganlarni ogohlikka da’vat eting. Va esingizda bo’lsin, odatiy ota-onalar ham maqtanishga haqlilar. Ayni paytda ularning o’z farzandlari erishayotgan yutuqlaridan faxrlanishlari sizning ajoyib farzandingizga nisbatan berilgan zarba deb tushunilmaydi.

8) Taqqoslamang.  
Bu boshqa bir mushkul vazifa, ammo bajarishga arzigulik ishdir. Bolalar bir-birlaridan farqlidirlar, ular odatiy bola bo’lishlari, yoki ortiqcha mashaqqat tug’diradign farzand bo’lishlari ham mumkin, lekin ular o’zlariga xos bo’lgan sur’atlarda ulg’ayadilar va rivojlanadilar. Agar bolangizning rivojlanishidagi muhim bosqich siz kuntganingizdek kechmasa, albatta shifokorga murojaat etishingiz kerak. Bolani uning opa-singil, aka-ukalari, amaki-tog’avachchalari, kunduzgi parvarishlash muassasalaridagilar, xatto nogironligi bir xil bo’lgan boshqa bolalar bilan solishtirishingiz sizga aytarlik darajada yengillik olib kelmaydi. Farzandingiz noyob ekanligini va o’z kuchli tomonlari va talablari bo’lishini ham, doimo esda tuting.

9) Oilangiz uchun vaqt ajrating.  
Ota-ona bo’lish bu juda qiyin vazifa. Alohida ehtiyojlari bo’lgan bolaning ota-onasi bo’lish esa undanda qiyin! Ammo turmush o'rtog'ingiz uchun ham e'tiboringiz muhim. Oilaviy munosabatlaringizga ham bolangizdan tashqari e’tibor bering.

DSC_6771.JPG

10) O’z sezgingizga ishoning.
O’z farzandlaringizni siz juda ham yaxshi bilasiz. Shifokorlar, murabbiylar, davolovchilar – ularning bari ajoyib yordamchilardir, ammo so’zlaringizga hech kim quloq tutmayotganini, farzandingizning talablari qondirilmayotganini sezsangiz, yangi, o’zgacha fikr-mulohaza olish uchun murojaat etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Farzandingiz va uning ehtiyojlarini qondirish uchun kurashishdan qo’rqmang. Soha mutaxassislari o’z yo’nalishlarining ustalari bo’lishsa, siz o’z farzandingiz bo’yicha mutaxassis hisoblanasiz.  

Marta o’qilgan: 1163