Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
17.10.2017 11:45:56

Emlash xususida gumon tug'diradigan fikrlar

 
1.Emlash, biron uzoq joylarga safar qilmoqchi bo’lsangizgina zarur. 

Dunyoning ko’pgina boy mamlakatlarida emlash orqali oldini olish mumkin bo’lgan kasalliklar kam uchrayotganligi haqiqat. Biroq odamlar samolyot, kemalar va poyezdlarda sayohat qilishadi. Sayyohlar oz’lari istamagan hollarida boshqa mamlakatlardan o’zlari yashaydigan yerlarga olib keladigan va himoyalanmagan aholi orqali tezda tarqalishi mumkin bo’lgan kasallilklarni paydo bo’lishiga sabab bo’lolishlari mumkin. 

Hammani ham emlab bo’lmaydi. Homilador ayollar va muayyan kasalliklarga chalingan odamlar qolganlarning emlanishlariga orqa qiladilar va bu bilan o’zlarining halokatli kasalliklarga yuz tutishlari ehtimolini eng past darajaga yetkazadilar. 

2. Bu har bir insonning shaxsiy qarori. 

Bu huddi, agar siz odam to’la avtobusda ketayotganingizda yo’talgingiz kelib qolsa, og’zingizni  berkitishingiz kabi, yohud qo’shningizning uyidagi yong’inni ko’rib, tez yordam mashinasini chaqirishingiz kabi, sizning shaxsiy qaroringiz kabi, shunday emasmi? 

Gap shundaki, biz barchamiz mikroblar bilan almashish sodir bo’lib turadigan, bu katta va tartibsiz umumiy jamoada bir-birimiz bilan chambarchas bog’liqmiz. Bolalar emlanmasalar, ular yashayotgan umumiy jamoa halokatli kasalliklarning kelib chiqish xatariga ko’proq yuz tutadi. 

3. Vaksinalar zaharlidir.

Yo’q, unday emas. Aslini olganda, ular umuman xavfsiz va ular son-sanoqsiz odamlarning hayotini saqlab qolgan. Agar vaksinalar tarkibida kimyoviy moddalarning zararli miqdori mavjud bo’lganda, sog’liqni saqlash tashiklotlari ularni qo’llab-quvvatlamagan, shifokorlar ularni yozib bermagan hamda dori-darmon ishlab chiqaruvchi shirkatlar ularni sotmagan bo’lar edi.
 
4. Vaksinalar tabiiy emas.

Vaksinalar daraxtlarda o’smaydi, albatta, lekin bu ular zarali degani emasku. 

Bilasizmi, nima tabiiy? Masalan, chechak, poliomielit va o’lat. 

5. Men bolamga nima kerakligini hammadan yaxshi bilaman.  

Ha, huddi shunday. Va shu sabab ham, siz vaksinalar bolani asrashini aniq bilishingiz ham kerak. 

6. Vaksinalarni qo’llab-quvvatlovchi tashkilotlar dori-darmon ishlab chiqaruvchi shirkatlar bilan moddiy til biriktirgan. 

O'ylab ko'ring, ushbu kompaniyalar kasalliklarning oldini olishga xarakat qilishdan ko'ra, kasal bo'lib bo'lgan odamlarga dori sotib ko'proq pul topmasmidi?

7. Vaksinalar bepushtlik yoki sterilizasiyga olib keladi.

Bu xavfli va yashovchan uydirma bo’lib, u osonlik bilan oldi olinishi mumkin bo’lgan ko’plab kasalliklar tarqalishiga va sanoqsiz halokatlraga olib kelgan. 

Vaksinalarning farzand ko’rish qobiliyatiga potensial ta’siri ko’plab tadqiqotlar orqali o’rganib chiqilgan bo’lib, ularning birontasida ham, vaksina bepushtlik yoki sterilizatsiya keltirib chiqarishi aniqlanmagan.  

8. Emlangan kishilar bari bir kasal bo’ladilar, shu sabab vaksinalardan nima ma’no. 

Hech bir vaksina 100% ga samarador emas, ammo bu holat, (5-10% atrofidagi) ayrim odamlarda hatto ular emlangan bo’lsalarda, immunitet chindan ham ishlab chiqarilmasligi bilan bog’liq. Shunga qaramay, aholining imkon qadar ko’pchiligi emlanadi, buning natijasida esa, talofat chekadiganlar soni sezilarli darajada kamayib boradi. 

Manbaa: https://www.buzzfeed.com/unicef/10-outrageous-things-you-may-have-heard-about-vacc-1ebx?utm_term=.kc...

Marta o’qilgan: 911