Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
17.10.2017 11:45:56

Erta lahzalar muhimdir: Superdadalar superonalarga yordam berishadi

Men farzandim dunyoga kelayotganida rafiqamning yonida bo’lganman. Keyin ularni tug’ruqxonada parvarish qilish uchun to’rt kun ta’til oldim.

Rafiqam uchun o’rnidan turish va xonada yurish qanchalik qiyin ekanligini ko’rdim. Farzandli bo’lganimizdan juda ham xursand bo’lganimiz bilan o’sha to’rt kun qiyinchiliklarini eslab turamiz.

Ayolim kuchga kirgunicha chaqaloqni yo’rgaklash, tagini tozalash, injiqlik qilishiga qaramasdan uni uxlatish, unga ashula aytish, eng chiroyli so’zlar ila u bilan gaplashishni o’z zimmamga oldim.

Ulugbek 1.jpg

O’shanda ayollarga nafaqat homiladorlik paytida, balki farzandni dunyoga keltirgandan keyin ham naqadar qiyin bo’lishini anglab etdim. Yana bir tushunganim – biz, erkaklar ayollarimiz yonida bo’lib, ularning salomatligi to’g’risida qayg’urishimiz lozim. Shunda bolalar oiladagi uyg’unlikni ko’rib baxtli va mehribon bo’lib voyaga yetishadi.

12248062_122545118109785_6628011198149599147_o.jpg

Hozir qizimiz Radmila 2 yosh va 4 oylik. Ota-ona mehr-muhabbatidan u bir oz erka qiz, biroq biz qizalog’imiz o’ziga haddan tashqari maftun bo’lmasligiga harakat qilyapmiz.

Ulugbek 2.jpg

Muallif: Ulugbek Hakimov

Marta o’qilgan: 371