Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
17.10.2017 11:45:56

Qadrli turmush o’rtog’im va mehribon otaga minnatdorchilik maktubi

Siz dovyuraksiz, chunki juda ham mas’uliyali damda – ota bo’lgan ilk daqiqangizdan boshlab yonimizda bo’lib, bizni qo’llab-quvvatladingiz!

rfatkullin.JPG

Siz mehribonsiz, chunki farzandimiz sog’lom va kuchli bo’lib ulg’ayib, oilamizda sportchilik an’anasini davom ettira olishi uchun tong saharlab turib, uni uqalab, massaj qilishga erinmaysiz!

rfatkullin10.JPG

Siz tagliklardan, chaqaloqning qornidagi sanchiqlardan va chaqaloqlarga xos boshqa narsalardan qo’rqmadingiz! Siz doimo shiringina bolakayni qanday qilib xursand qilishni bilar edingiz!

rfatkullin4.JPG

Siz tushunadigan va qo’llab-quvvatlaydigan turmush o’rtog’imsiz, chunki bir vaqtning o’zida ona va talaba bo’lish qanchalik qiyin ekanligini bilasiz!

ььь.jpg

Siz sahiysiz, chunki siz doimo shirinliklarning eng mazali bo’laklarini menga va o’g’limizga ilinib qoldirasiz!

Siz kuchlisiz, chunki bir talay chamadonlar va chaqaloq bilan turli manzillarga uchish va qatnash kerakligi sizni qo’rqitmaydi!

rfatkullin8.JPG

Siz farzandimiz uchun super otasiz va doimo shunday bo’lib qolasiz!

rfatkullin7.JPG

Muallif: Leyla Axmedjanova

Marta o’qilgan: 426