Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
14.12.2017 14:29:24

Erta lahzalar muhimdir: Superotaning qanotlari bor

Qizimni birinchi bor qo’limga olganimga qadar mo’jizalarga ishonmas edim.

photo_2017-06-14_10-34-22.jpg

Quvonch, hayajon, kuch, rag’batlanish va ulkan mas’uliyat hissiyoti meni qamrab oldi. Dunyodagi faqat shular ahamiyatli ekanini anglab yetdim… Hayot mazmuni shu ekanligini his qildim – unga bor mehr-muhabbatimni berish, sahar soat 3da unga alla aytish va shunga qaramay ertalab ishga yuzda tabassum bilan va shijoatga to’la bo’lib kelish.

photo_2017-06-14_10-34-17.jpg

U birinchi bor ‘dada’ deganida cheksiz hayajonni his etish, u birinchi qadam bosganida qo’llaridan ushlab turish, maktabga birinchi kun borganida uni kuzatib qo’yish, u suvda o’ynayotganini yoki birinchi bor ovqat pishirishini suratga olish… har doim yonida bo’lishimni aytish.

photo_2017-06-14_10-34-35.jpg

Nima bo’lishidan qat’iy nazar u uchun eng yaxshi ota bo’lishni istayman. Men hatto parvoz qila olaman. Endi, ota bo’lgach, qanotlarim borligini his etyapman. 

Muallif: BoburMirzo Komilov

Marta o’qilgan: 411