Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
16.08.2017 17:21:40

Turmush o’rtog’imga maktub: Sen bizning suyangan tog’imiz, mening yuldizim va ularning superotasisan

Seni uchratgan kunimdan boshlab, sen doimo yonimda bo’lishligingni bilar edim. Sen hech qachon meni yolg’iz qoldirmading. O’sha vaqtda men bilmagan yolg’iz narsa – o’zingni bolalarimizga qanchalik fido qilishing edi. Qizalog’imiz tug’ilib, uni intensiv parvarish bo’limiga o’tkazishgan ondan boshlab, sen doimo uning yonida bo’lding, uni ovqatlantirding, kiyintirding, mening imkonim bo’lmagan vaqtlarda ko’tarib yurding. Toki hamshira uyga ketishingni so’ramagunicha ketmas eding.

P1030890.JPG

O’g’limiz tug’ilganida ham uning yonida bo’lding. Men bilan birga uni quchoqlarding, ko’plab uyqusiz tunlarimizda unga qarab chiqarding. UNICEFning Nepaldagi vakolatxonasida ishlashim uchun imkoniyat paydo bo’lganida, sen hech qanday noroziliksiz o’z ishingdan, xizmat pog’onangdan ilgarilab borish imkoniyatlaringdan voz kechding va o’zingni butunlay qizalog’imiz va uch oylik o’g’limizning parvarishiga bag’ishlading. Bu – qiyin va juda ham qadrli vaqtlar edi. Ishlab turib chaqaloqni ko’krak suti bilan boqishni uzliksiz olib borish qiyin edi va agar sen yordam bermaganingda buning uddasidan chiqolmagan bo’lar edim.

1620480_10152682547961387_8982600062262341730_n.jpg

Shu bilan birga sen hech qachon qizimiz bilan muloqot qilishdan charchamas eding. Maktabdan qaytayotganda u bilan butun boshli suhbatlar uyushtirar eding. U bunchalik maxmadona bo’lib qolganiga ajablanmasa ham bo’ladi! Har tunda ularga golland tilida kitoblar o’qiysan, qo’shiqlar kuylab berasan.

20150724_080810.jpg

Bu yilga qadar sen ularni bir kechaga ham yolg’iz qoldirmading. Har kuni ularni maktabga olib kelar va darslardan keyin uyga olib ketar eding. Sen hech qachon bir kunni ham kanda qilmas eding. Ular ilk bor bolalar bog’chasiga borganlarida, shifokorga qatnaganlarida, zilzilalar bo’lganida ularning yonida bo’lding. Menga eng yoqadigan narsa – farzandlarimiz bilan o’ynayotganingda ularni kuldirishing, ularning qiqirlashi. Bu men uchun dunyodagi eng huzurbahsh ohang.

20170611_130318.jpg

Ba’zan o’z imkoniyatlaringda ikkilanib qolgan damlaring bo’lishini bilsamda, sendan ko’ra sabrliliroq, sendan ko’ra muloyimroq va sendan ko’ra mehribon bo’lgan insonni uchratmaganman. Farzandlarimizning senday otasi borligidan va ular ota qanday bo’lishi mumkinligini o’rganish imkoniyatiga ega ekanliklaridan juda ham mamnunman. Sen bizning suyangan tog’imiz, mening yuldizim va ularning superotasisan. 

_DC11256.JPG

Muallif: Anna Mariya Vangoor

Marta o’qilgan: 553