Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
16.08.2017 17:21:40

Erta lahzalar muhimdir: superotalar farzandlarining hayotida ishtirok etadilar

Turmush o’rtog’im Sergey qizimizni parvarish qilishni yaxshi ko’radi. Uning ismi Diana, u ikki yarim yosh.

Sergey qizimizni tug’ilgan paytidanoq cho’miltiradi, bu uning vazifalaridan biridir. Diana ham uni aynan dadasi cho’miltirishini istaydi. Uni men cho’miltirsam, bu jarayon juda tinch o’tadi. Dadasi bilan esa u ashulalar aytadi, o’rdakchasini o’ynaydi, suvdan chiqishga shoshilmaydi.

5.jpg

Qizimiz kichikroq bo’lganida dadasi uning tagliklarini almashtirishni tezda o’rganib oldi. Kechasi farzandimiz isitmalasa yoki uning qorni og’risa, dadasi o’rnidan turib unga dori berar edi.  

Kechqurun, ishdan so’ng dadasi charchaganiga qaramay, qizimiz bilan o’ynaydi, uni elkasida olib yuradi va albatta uxlashidan oldin uni uqalaydi. Qizalog’imiz kuni bo’yi yugurib o’ynagani bois oyoqlari va qornini uqalatishni yaxshi ko’radi. Men uy ishlari bilan bandligimda dadasi uni uxlatadi.

3.jpg

Qizimiz kasal bo’lsa, dadasi ishxonasidan javob oilb, uni shifoxonaga olib boradi, chunki buni o’zi nazorat ostiga olishi lozim deb hisoblaydi.  Kun davomida doimiy ravishda qo’ng’iroq qilib, telefonda qizimizning ahvolini so’rab turadi, u to'g'risida xavotir bo'ladi.

Odatlanib qolgani uchun dam olish kunlari qizimiz erta uyg’onadi. Men yana biror soat dam olgunimcha Sergey unga nonushta tayyorlaydi, tuxum va bo’tqa pishirib beradi, uning yuvinishiga va kiyinishiga yordam berib, keyin meni nonushtaga chaqiradi.

20161126_122246.jpg

Ba’zida men kerakli narsalarni xarid qilishga yoki dugonalarim bilan uchrashishga ketaman. Diana dadasi bilan qoladi. Sergey qizimiz bilan sayr qiladi, uni buvisinikiga olib boradi, bolalar maydonchasida yoki uyda u bilan o’ynaydi. Sergey tushlik qildirishni, undan keyin esa dam olish uchun qizimizni uxlatishni ham unutmaydi. Shundan keyingina o’zi dam olishiga va sevimli Diskaveru kanalini tomosha qilishga vaqt ajratadi.

Muallif: Luiza Jasmin 

Marta o’qilgan: 463