Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
23.06.2017 16:32:35

Erta lahzalar muhimdir: super-otalarga super-muhabbat

Mening ismim Aleksandr. Men ikkita ajoyib qizaloqning otasiman. Katta qizim Evdokiya to’rt yoshda, kenjatoyim Evgeniya esa yaqinda ikki yoshga to’ladi.

screen2.jpg

Jenechka kichik bo’lgani va ko’proq e’tibor talab qilishi bois hozir unga ko’proq vaqt ajrataman. Biroq o’yinlar vaqtida hammamiz birgamiz. Birgalikda rasm chizamiz, ularga rang beramiz, o’qiymiz, o’ynaymiz, sayr qilamiz, belosiped va samokatda uchamiz.

4.jpg

Qizlarim bilan deyarli har kuni sodir bo’ladigan ko’plab voqealarni aytib berishim mumkin, ammo hozir rafiqam bilan meni eng ko’p hayratlantiradigan narsani o’rtoqlashmoqchiman.

Ikkala qizimni birday yaxshi ko’raman. Shuning uchun hamma narsani barobar berishga harakat qilaman, biroq shunisi qiziqki, kenja qizim faqat men bilan uxlashni ravo ko’radi.

скрин.jpg

U hammaga qo’lini siltab xayrlashadi va bu bilan faqat dadasi bilan qolishini bildiradi. Biz uni bolalar xonasidagi o’z karavotida uxlashga o’rgatishga harakat qildik, biroq u bunga ko’nmadi. U faqat men bilan quchoqlashib uxlashga ahd qildi. 

Muallif: Aleksandr Yaxin

Marta o’qilgan: 74