Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
16.08.2017 17:21:40

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish hikoyasi: omad emas, mehnat

Mening ismim Matluba, men uch farzandning onasiman va 2010 yildan 2016 yilga qadar to‘xtovsiz emizish tajribasiga egaman. To‘ng‘ich o‘glimni 3,5 yoshga to‘lguniga qadar emizdim va homilam faqat 8 oylik bo‘lganidagina, homilam egazakligini bilgach, bolamni emizishdan to‘xtadim. Men o‘g‘lim 3,5 yoshlik bo‘lganidan keyin ham uni emizishni qattiq istagandim deb aytolmayman, ammo men uni o‘zi voz kechmagunicha emizmoqchi edim.

matluba4.jpg

Shuni ikkilanmay aytishim mumkinki, homiladorlik ham, ko‘zim yorishi ham qahramonlarcha bo‘ldi. Men ularni ko‘krak sutim bilan boqa olamanmi-yo‘qmi degan savol ko‘tarilmadi ham.

Egizaklarni emizishim 2,5 yil davom etdi. Balkim, undan ham ko‘proq davom etgan bo‘lar edi, ammo oxirgi yil ancha murakkab bo‘ldi. Men juda ko‘p emizganim sababli ko‘kragim uchidagi qattiq azob beruvchi yaralardan aziyat chekar edim.

Bir kuni ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlovchi mashhur xalqaro guruhlardan biriga maktub yo‘lladim. Bunday qilishimga sabab “Siz ikkisini emiza olar ekansiz, ikkalasiga ham sut yetar ekan, qanday omadlisiz!” qabilidagi gaplarni tinglashdan charchagan edim. Albatta men omadliman, ammo shunga ishonchim komilki, ikki farzandni to‘ydirish faqat omad emas, bu, birinchi navbatda, katta mehnatdir. Bitta chaqaloqni ham to‘ydirib boqish katta gap. Shuning uchun ham farzandini o‘z suti bilan boqayotgan barcha onalarni qo‘llab-quvvatlamoqchiman. Bu ajoyib, chunki bu - tabiiydir. Aynan ko‘krak suti bilan emizish menga - ko‘p farzandli onaga hech qanday yordamsiz ularni boqishning uddasidan chiqish, sayr qilish, Osiyo bo‘ylab sayohat qilish, qit’alararo uchishlarni yaxshi boshdan kechirish, har qanday sharoitlarda va har qanday iqlimda uxlay olish imkonini berdi. Shuningdek, bu menga juda ko‘p pul tejashimga imkon yaratdi. Salomatligimga foydasi to‘g‘risida gapirmasam ham bo‘ladi.

matluba2.jpg

Ikki farzandni emiza olganim sabab omadliligim to‘g‘risidagi xitoblarni eshitganimda, dastlab, muloyimlik bilan “talab-taklif” tamoyili qanday ishlashini tushuntirishga harakat qilaman. Ayol tanasi shunday yaratilgan. U homilador bo‘lish va tug‘ishni uddasidan chiqar ekan, boqishni ham uddalaydi.

Uch farzandimni bir vaqtda uxlatar ekanman, ularning ikkisi ikki ko‘kragimda bo‘ladi. O‘zim uxlamasdan ularning uxlab qolishini sabr bilan kutaman. Shundan keyingina o‘z ishlarim yoki uy yumushlari bilan shug‘ullanishim mumkin bo‘ladi.

matluba33.jpg

Agar kimdir 19 oylik bo‘lganida bolalar ovqat va suv iste’mol qilsalar bo‘ldi, ona sutining keragi yo‘q degan fikrda bo‘lsa, mening farzandlarimdan so‘rang. Ular bu fikrga qo‘shilmaydilar. Men har kuni quymoqlar pishiraman, omletlar tayyorlayman va foydali kabachki piroglarini pishiraman. Ular yeyishadi. Suvni ham, kompotni ham, boshqa ichimliklarni ham ichishadi, ammo, hech narsa ko‘krak sutining o‘rnini bosa olmaydi. Bu ularning ehtiyoji - ozgina bo‘lsa ham emib olishsa bas. Shundan keyin, xursand va hotirjam bo‘lib, o‘zlari istagan narsalar bilan shug‘ullana boshlaydilar.

matluba1.jpg

Men – omadli onaman! O‘z farzandlarimning qornini to‘ydirish uchun sutim ham, sabrim ham yetadi, vaholanki ular bir yoshlik chegarasidan allaqachon o‘tib ketishgan. Bu - haqiqatdan ham mo‘jiza!

Muallif: Matluba Mustaeva

Rasm: Muallif arxividan

Marta o’qilgan: 434