Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
16.10.2017 17:27:07

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish hikoyasi: Ona suti - oliy ne’mat

Farishtamni 9 oy vujudimda asrab, dunyoga keltirdim. Farzandim ko‘krak tomon intilganida mehrim oshib ketganini sezdim. Farzand - eng oliy ne’mat. Uning salomatligi esa bizga berilgan marhamatdir.

dildora1.jpg

Birinchi farzandimni 2 yosh va 1 oylik bo‘lgunicha emizdim. Ko‘krak suti bola uchun nafaqat ozuqa, balki onaning mehri hamdir. Farzandimizning immuniteti yaxshi, eng asosiysi ham shu. Ona bolasini ko‘rganda mehri jo‘shib ketganidan sut ko‘payib kelishi - bu, albatta, mo’jizadir. Ikkinchi farzandim hozirda 9 oylik bo‘ldi. Unga qo‘shimcha ovqat beraman, albatta, lekin ko‘proq emizishga harakat qilaman.

dildora2.jpg

Bolaning tishlari chiqayotganida yoki kasal bo‘lganida ham ona sutining ahamiyati juda katta. Hattoki tomog‘i og‘rib qolgan emizikli bola ko‘p-ko‘p emizilsa, tez tuzalib ketadi. Emizish davomida farzandimni tomosha qilib yotaman va Ollohimning mo’jizasiga lol qolaman. Jajji farishtamni mehr ila oziqlantirish men uchun eng katta baxtdir.

Farzandlarimiz sog‘lom bo‘lishlarida ko‘krak sutining o‘rni beqiyosdir.

Muallif: Dildora Irmatova

Rasm: Muallif arxividan

Marta o’qilgan: 689