Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
14.12.2017 14:29:24

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish hikoyasi: Ko‘krak bilan bo'lmasada, ko‘krak suti bilan!

Ikkinchi qizim 2 oylik bo‘lganida, afsuski, u ko‘krakdan chiqib qoldi. Buning sabablari ko‘p edi: ruhiy ham, texnik sabablar ham.

Ko‘pchilik qanaqasiga bunday bo‘lishini tasavvur ham qilolmasa kerak. Men talvasaga tushib qoldim, chunki birinchi qizimni ham ko‘krak suti bilan boqqan edim, qolaversa, ko‘krak suti bilan emizish degani men uchun juda muqaddas narsa edi! Qizalog‘imni ko‘krakka qaytarishga ko‘p marotaba harakat qilib ko‘rdik, ammo, afsuski...

yulia2.jpg

Maslahatchini taklif qilib, u bilan butun kun suhbatlashgach, quydagicha hukmni eshitdim: chaqaloqni ko‘krakka qaytarishning iloji yo‘q! Albatta, harakat qilishda davom etsam ham bo‘lardi - ammo, bu har ikkalamizning ham salomatligimiz uchun zararli bo‘lar edi!

Men qattiq xato bo‘ldim, ammo tushkunlikka tushmadim. Mo‘jizaviy sut sog‘uvchi moslamani xarid qilib oldim va chaqalog‘im uchun tunu-kun sut sog‘ishni o‘rganishga kirishdim! Aynan “o‘rganishga”, chunki, sutni suzish ancha murakkab ish va doim ham, hamma ham buning uddasidan chiqavermaydi. Bilimli maslahatchining yordami hamda feysbuk tarmog‘idagi «Molochnoe Kafe» (“Sut kafesi”) xalqaro forumi tufayli men bu ishning uddasidan chiqdim, va mana 9 oydirki jigarbandimni ko‘krak sutim bilan boqib kelaman, va bundan juda ham faxrlanaman.

yulia1.jpg

Hech shubhasiz, ko‘krak suti tarafdoriman, ammo, sun’iy oziqlantirishni ham hech qachon tanqid qilmayman, chunki, insonlar juda ko‘p sabablarga ko‘ra bunga majbur bo‘lishlari mumkin! Ammo, shu narsani ham ta’kidlagan bo‘lardimki, agar yaxshilab tayyorgarlik ko‘rilsa, ko‘krak suti bilan boqishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha kutilmagan holatlarning oldini olish mumkin. 

Muallif: Yuliya Dorfman-Gutmanovich

Rasm: Muallif arxividan

Marta o’qilgan: 1028