Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
16.08.2017 17:21:40

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish to’g’risida go’dak hikoyasi: Rahmat sizga, ona!

1987 yilda sevikli onajonim meni kesarevo amaliyoti yo‘li bilan dunyoga keltirdi. Bu jarayonda o‘zi bir haftaga koma holatiga tushib qoldi. O‘zingizdan qolar gap yo‘q, tez orada emizish to‘g‘risida hech kim o‘ylamas edi - hamma onamni qutqarish bilan band edi!

Barcha qiyinchiliklar tugagach, meni onamga berishdi va biz uyga yo‘l oldik. Onamning o‘zi, maslahatchilarsiz, Internetsiz ko‘krak suti bilan oziqlantirishni yo‘lga qo‘ydi. Hech kimga quloq solmasdan meni 3 yoshimga qadar emizdi, buning natijasida men kuchli immunitetga ega bo‘ldim. Ayni chog‘da, bir yarim yoshlik bo‘lganimda onam ishlay boshladi, faol hayot kechirar edi, men esa bolalar bog‘chasiga bora boshladim.

olesya.jpg

Onam - mening eng aziz qahramonim!

Onajonim, sizga katta rahmat! Siz hammasini to‘g‘ri qildingiz!

Muallif: Olesya Xayrutdinova

Rasm: Muallif arxividan

Marta o’qilgan: 23