Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
16.10.2017 17:27:07

Ko‘krak suti bilan boqish hikoyasi: Chaqaloq uchun eng yaxshi ozuqa - ona suti

Men qizimni 2015 yili, rejalashtirilgan kesarevo amaliyoti yo‘li bilan dunyoga keltirdim. Shu alfozda mening “Qulupnaycham” dunyoga keldi, ko‘kraklarimda esa mana 4 kundirki sut yo‘q edi. Men nima qilishimni bilmasdan bolalar uchun maxsus ozuqa sotib oldim va endigina uni tayyorlashga kirishayotgan edim birdan sutim kela boshlaganligini his etdim. Chamasi, farzandimni ushbu ozuqa bilan boqishni shu qadar kuchli istamagan bo‘lsam kerakki, natijada tanam bunga javoban ishga kirishgan bo‘lsa, ajab emas.

madina1.jpg

Oh, o‘sha 1 yilu 8 oy davom etgan davr! Men hech qachon o‘sha vaqtlarni unutmayman. Men sut shu qadar ko‘p bo‘lishi mumkinligini tasavvur ham qilmagan edim! Ko‘kraklarimni sutdan bo‘shatishim uchun hatto tug‘ruqxonadagi bo‘sh piyola va chinnilar ham yetmay qolgan edi.

Menda laktostazalar va og‘riqlardan qiynalishlar bo‘lmadi. Yenglillik his etishim uchun sutni suzishimga to‘g‘ri kelardi. Farzandimni emizayotganimda og‘riqdan ko‘zlarimni qattiq yumib olar edim, chunki sutning kuchli oqimi tufayli hammayog‘im yorilib ketgan edi. Ammo, biz bu amaliyotni ancha uzoq davom ettirdik va men qattiq xavotirlanganimga qaramasdan, bolani ko‘krakdan ajratish jarayoni ham mutlaqo qiyinchiliklarsiz o‘tdi. Farzandim 1 yoshu 8 oylik bo‘lguniga qadar har qanday ozuqadan ona sutini afzal ko‘rardi va natijada vazni 12-13 kilo atrofida edi.

madina3.jpg

Men tabiatning ushbu mo‘jizasidan qanday taajjubga tushib, lol qolganimni hali ham yaxshi eslayman. Men juda ko‘p marotaba “Ona tabiat naqadar ajoyib o‘ylab topgan ekan! Qara, qizalog‘im mana 6 oydirki qo‘shimcha ozuqasiz ulg‘aymoqda. Unga zarur barcha ozuqani ona suti berayapti”, - deganimni yaxshi eslayman.

Muallif: Madina Sharipova

Rasm: Muallif arxividan

Marta o’qilgan: 174