Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
17.10.2017 11:45:56

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish hikoyasi: Hayotimizni eng oqilona boshlash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bizga allaqachon tabiat tomonidan in’om etilgan

10 oy davom etgan og‘ir laktostazlar, dahshatli qotib qolishlar, bu jarayonda ko‘krak bo‘linib ketishi, unda tugunchalar hosil bo‘lishi, emchaklarda yoriqlar paydo bo‘lib, qonash darajaga borishi meni juda qiynadi! Ammo, men taslim bo‘lmadim va chaqalog‘im faqat o‘z onasining juda foydali, qadrdon va iliq sutidan bahramand bo‘lishi uchun kurashishni davom etdim. 

Ha, men o‘zimdan fahrlanaman. O‘sha uzoq 10 oy davomida chidaganim, kurashganim uchun, onalar, buvilar, xolalar, hattoki hamma narsani biluvchi Klava xolaning sutim yetarlicha yog‘li emasligi, foydasizligi hamda 6 oydan so‘ng emizish umuman kerak emasligi to‘g‘risidagi maslahatlariga quloq solmaganim uchun o‘zimdan fahrlanaman.  

evgeniya.jpg

Men bir talay adabiyotlarni o‘qib chiqdim va endi shu narsaga yuz foiz ishonchim komilki, chaqaloqni toki u o‘zi ko‘krakdan voz kechmagunicha - faqat va faqat shunday - ko‘krakdan ayirmaslik tabiat tomonidan, Yaratgan tomonidan rejalashtirilgan. Men so‘rg‘ichlar, butilkachalar, suvlar, sut so‘rg‘ichlar va shu kabi boshqa ashyolarga hech qanday ehtiyoj yo‘qligiga aminman. Bularning barchasi biz - iste’molchilarga qaratilgan marketing harakatidan boshqa narsa emas.

Mening qizalog‘im hayotining dastlabki 6,5 oyini faqat ko‘krak suti bilan ozuqalanishda o‘tqazdi. Hozirda u 1 yoshu 8 oylik bo‘lgan va men nimani yesam, u ham shuni yeydi. Hozirgacha unga biron marta so‘rg‘ich, butilkacha yoki chaqaloqlar ozuqasini bermadim. Bola har doim va har qanday joyda (ko‘chadami, kafedami, umuman istagan joyida) ona sutini iste’mol qilish imkoniga ega bo‘lishi lozim. Iloji bo‘lsa, bola ushbu sutni, sog‘ib, butilkaga solingan holatda emas, aynan o‘zi emishi orqali iste’mol qilgani ma’qul.

Qizalog‘imning tana harorati 38,6 ga ko‘tarilib, u deyarli qimirlamay qolganida uni bir sutka davomida qo‘limda ko‘tarib yurib, faqat o‘z sutimni berganimdan fahrlanaman. Chunki, farzandim uchun bu sut shifobaxsh ekanligini bilar edim va chindan ham bu mo‘’jizali bo‘ldi.

Vaholanki, agar boshidanoq bolani ko‘krak ustiga yotqizish, soatlar davomida sutni suzish va bolaning qorni to‘ymayotganligini bahona qilinib, unga chaqaloqlar ozuqasini qo‘shimcha tarzda berishni tavsiya etish o‘rniga bolani to‘g‘ri emizish usullari o‘rgatilganida, o‘sha 10 oy davom etgan dahshatli qotib qolishlarga yo‘l qo‘yilmagan mumkin bolarmidi. 

Yaratganga shukur qilamanki, tug‘ruqxonadan chiqqanimdan so‘ng, ko‘krak suti bilan boqish borasida o‘ta bilimli maslahatchini uchratdim va hozirga qadar uning maslahatlariga rioya qilaman: bola bilan doimiy ravishda “teri-teriga” qabilida aloqada bo‘lish, doimo va har qanday erda ko‘krak sutini berish, birga uxlash amaliyotiga sodiqman!

10 oy davomida ne-ne mashaqqatlarni boshdan kechirmadim, lekin barchasiga dosh berdim. Shundan beri mendan keyin ko‘zi yorigan barcha tanishlarimga o‘z vaqtim va kuchimni ayamasdan ko‘krak suti bilan boqish borasidagi tajribamni aytib beraman. Turmush o‘rtog‘imning aytishicha, o‘zim ham deyarli maslahatchi bo‘lib qolganman va ko‘krak suti bilan emizishning haqiqiy muxlisi ekanman va farzandimni pensiyaga chiqqunimga qadar emizar emishman. Albatta, pensiyaga chiqqunimcha emas, lekin bolamning o‘zi ko‘krakdan voz kechguniga qadar shunday qilaman. Axir, qizim o‘z onasi sutidan qay vaqtgacha bahramand bo‘lishi to‘g‘risida uning o‘zi emas, men qaror qila olamanmi? Uning chapillyotgan og‘izchasiga va butun koinotdan ham katta bo‘lib ko‘rinayotgan ko‘zlariga boqish yer yuzida topilmas baxtdir!

Yosh onalar, ishonarli manbalardan foydalanib, bilimingizni oshiring, ko‘krak suti bilan boqish bo‘yicha maslahatchilarga murojaat qiling va hech kim sizni ko‘krak suti bilan oziqlantirishning mutlaqo foydali ekanligi to‘g‘risidagi fikringizdan qaytarishiga yo‘l qo‘ymang. Farzandni ko‘krak suti bilan boqish, va, agar ular bir yosh farqi bilan tug‘ilgan ikki farzand bo‘lsa, har ikkisini bir varakayiga emizish - xudoning ne’matidir! Barchangizga omad va onalarning sutlari mo‘l-ko‘l bo‘lishini tilab qolaman!

Muallif: Evgeniya Baltaeva

Rasm: Muallif arxividan

Marta o’qilgan: 98