Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
16.08.2017 17:21:40

Ko‘krak suti bilan boqish hikoyasi: Atrofdagilarning yordami - emizuvchi ona uchun dalda

Mening ko‘krak suti bilan boqish tarixim, menimcha, opam qizaloqlarini dunyoga keltirib, uni emiza boshlaganlarida boshlangan. Aynan opam meni uzoq muddat davomida emizishga ilhomlantirganlar.

O‘g‘lim Nazar 2 yoshu 3 oylik bo‘ldi. Hozirga kelib o‘g‘limni emizish jarayoni uyqudan oldingi ozroq emishga qadar kamaygan. Bundan ortig‘i unga kerak emas. Gohida u emishdan ko‘ra tunda uxlashni afzal ko‘radi va natijada men uni salkam bir sutka davomida ham emizmasligim mumkin.

elena4.jpg

O‘g‘lim tug‘ilgan zahotiyoq uni emizishni boshlaganman. Bolam tug‘ilishi bilan uni  ko‘kragimga qo‘yishgan. Nazarjon mittigina bo‘lib dunyoga keldi: bo‘yi 50 sm bo‘lib, vazni esa 3 kiloga ham etmasdi. Dastlabki yarim yil davomida u suv ichmadi va qo‘shimcha ozuqa ham iste’mol qilmadi. Ayni chog‘da har oyda 1 kilo 200 grammdan semirib borar edi. Qandaydir andozalarga ko‘ra u keragidan og‘irroq edi, ammo biron bir pediatr menga parhezli taomlar iste’mol qilish yuzasidan tavsiya bermadi!

elena3.jpg

Mening emizish davrim laktostazalar, emchakning tishlanishi yoki boshqalar tomonidan tanqid qilinishi kabilardan iborat mushkul kechmadi. Dastlab, ko‘kragim uchlarida yorilishlar paydo bo‘ldi, ammo ularning soni xavotirlanadigan darajada ko‘p emasdi. Ikki marta sutim kamayib borayotganga o‘xshadi, ammo ma’lum bo‘lishicha, bu ko‘kragimning moslashuv jarayoni ekan. Shunday qilib, barchasi a’lo edi!

Biz O‘zbekistonda yashaymiz va bu yerda erkaklar ham, ayollar ham mening emizish yoki emizmayotganligimni so‘rashdan tortinmaydilar. Ular ijobiy javob eshitgach, jilmayishar va ona sutining foydali xususiyatlari to‘g‘risida fikr bildirishar edi. Ajablanarlisi shundaki, ko‘proq erkaklar shunday qilar edilar. Ular o‘g‘il bolani uzoq muddat emizish naqadar muhimligi haqida so‘zlashardi. Bekorga menda shunday “polvon” ulg‘aymayapti, axir!

elena1.jpg

Eng quvonarlisi - emizish bilan bog‘liq hech qanday muammoga uchramadim va yaqin dugonalarimni ham farzandalarini emizib boqishga ilhomlantirdim. Ularda bu jarayon menda bo‘lgani kabi oson kechmadi, ammo ular harakat qildilar va barchasining uddasidan chiqdilar!

Emizishni tanlagan onalarga tanqidlar va muammolarga duch kelmaslikni tilayman! Barchalariga sutlari daryo bo‘lib kelishini tilab qolaman!

Muallif: Yelena Dadajonova

Rasm: Muallif arxividan

Marta o’qilgan: 47