Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
16.08.2017 17:21:40

Ko‘krak suti bilan boqish hikoyasi: bu – nafaqat ozuqa, balki bola bilan o‘rnatiladigan o‘ziga xos rishtahamdir

Mening ko‘krak suti bilan boqish tarixim o‘g‘lim tug‘ilishidan ancha oldin, hatto homilador bo‘lishimdan ham oldin boshlangan.

Onalarning forumlaridan birida ko‘krak suti bilan boqish muammolari to‘g‘risidagi munozara – onalarning savollari va mutaxassislarning javoblariga ko‘zim tushib qoldi. Men ushbu muhokamaga sho‘ng‘ib ketdim. Bunga mening ko‘kraklarim hech qachon u qadar katta bo‘lmaganligi ham ta’sir qildi, shekilli. Umuman olg‘anda, men qachondir chaqaloq emiza olishimga shubha qilardim. Bu mening mutaxassisga bergan birinchi savolim bo‘ldi va u menga “Ha!” deb javob berdi.

daria1.jpg

Keyinroq, homilador bo‘lganimda esa Tabiy emizish bo‘yicha maslahatchilar uyushmasining internet sahifasida soatlab vaqt o‘tkazadigan bo‘ldim va o‘g‘lim tug‘ilajak vaqtga kelib o‘zimni bunga yuz foiz tayyor deb hisoblay boshladim. Ming afsuski tug‘ruqxonada “Sizning shishachangiz qani?”, “Hozir aralashma olib kelib, chaqaloqning qornini oxirigacha to‘ydirib qo‘yamiz”, “Nima? O‘zingiz bilan so‘rg‘ich olib kelmaganmisiz? Hozir tashkil qilamiz”, “Oyisi, bunaqa ko‘krak bilan siz hech qachon emiza olmaysiz” qabilidagi xitoblarga duch kelmaslikning iloji bo‘lmadi.

Bilasizmi, menimcha yordam bu asnoda ko‘rsatilmaydi. Ammo, men aynan o‘sha forumdagi yosh onalarning o‘z boshdan kechirganlarini o‘rtoqlashganliklari sabab, bunday munosabatga ham tayyor edim.

Hozir o‘sha kezlarni xotirlar ekanman, men uchragan eng murakkab muammo ikki narsaga o‘rganishdan iborat bo‘lganligini anglayman. Birinchidan, atrofingizdagi “farzandingizning vazni past ekan; sut kam ekan; sut ko‘p ekan” kabi xitoblar bilan gap boshlovchi turli xil “xayrixoh” insonlarning tavsiyalariga quloq solmaslik va bolaga zudlik bilan suv berishni tayinlovchi qat’iy maslahatlariga bo‘ysunmaslik kerak. Ikkinchidan esa, farzandlariga sun’iy ozuqa berayotgan onalarga turli xil tavsiyalar berishni boshlamaslik lozim.

Agar esga oladigan bo‘lsam, laktostazalar ham bo‘lgan, to‘g‘ri ovqatlantirish, aynan o‘sha qo‘shimcha suyuqlik berish, qo‘shimcha ozuqa berish bilan bog‘liq bir talay savollar ham bo‘lgan. Va yaxshi insonlar menga yordam berdilar. Bunday insonlarning ismlarini aytishni istayman. Ular: Ira Kolyuchka, Liana Natorshvili, Dinara Urdasheva, Lika, Kseniya va Nastya. Ularning bari o‘shanda savollarimni e’tiborsiz qoldirishmadi va bu menga katta yordam berdi.

Oradan bir oz vaqt o‘tgach shuni anglab yetdimki, emizish – faqat ozuqalantirishgina emas ekan. Bu – bola bilan o‘rnatiladigan o‘ziga xos rishtaham ekan. Shuningdek, bu – boshqa narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydigan hissiyot ekandir.

daria2.jpg

Buning yana bir katta ijobiy jihati – sayohat qilayotganda bolani nima bilan boqish masalasida boshingizni qotirmaysiz: farzandim emizikli bo‘lganida 10 dan ziyod mamlakatlarda bo‘ldik.

Yana bir holat yuzasidan yozishim oson emas. Bu – bolani ko‘krakdan ajratish. Men farzandim ko‘krakdan ajrashini tabiiy bo‘lishini juda istagan edim. Ammo, bola ikki yoshga to‘lganida kechalari yetarlicha uxlashim kerak degan qarorga keldim va bir-ikki oy ichida farzandimni kechasi emizmaydigan bo‘ldim. Shundan keyin men... Keyin asta-sekin boshqa emizish vaqtlarini ham qisqartira boshladik. Men uchun eng muhimi - bu holat o‘zim uchun ham, o‘g‘lim uchun ham qulay tarzda kechayotgani edi. Meni o‘ylantirgan yolg‘iz narsa – o‘g‘limni emizmasam, u qanday uyquga ketishini bilmas edim. Ammo bu o‘z-o‘zidan ro‘y berdi. Bir kuni kechqurun Nikita: “Bugun meni dadam uxlatadilar”, - deb qoldi. Men esa, xotirjamgina shokolad yeb, choy ichishga ketdim.

Hozir o‘g‘lim uch yoshu ikki oylik bo‘ldi. Men oxirgi marta qachon emizganimni yaxshi eslay olmayman va keyingi marta qachon emizishimga to‘g‘ri kelishini ham bilmayman... Bu – bir oz qayg‘uli holat. Ammo har ikkimiz uchun ham bu – munosabatlarimizdagi yangi va bir xilda muhim bosqichdir, va men ko‘krak suti bilan boqish borasidagi tajribamni mamnunlik bilan eslayman. 

Muallif: Daria Pavlikova

Rasm: Muallif arxividan

Marta o’qilgan: 42