Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
17.10.2017 11:45:56

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish hikoyasi: Bola hayotini boshlashning eng oqilona uslubi

Men - ikki o‘g‘ilning onasiman. Ko‘krak suti bilan boqishda muammoga uchramadim va o‘zimning ijobiy tajribamni o‘rtoqlashmoqchiman.

To‘ng‘ich o‘g‘limni 3 yoshga etguniga qadar emizdim. Kichik o‘g‘lim 2 yoshu 4 oylik bo‘ldi, va biz hozir asta-sekin uni ko‘krakdan ajratishni yakunlash bosqichidamiz.

Menga Paereto qoidasi juda yoqadi. Unga ko‘ra 20 foizlik harakat 80 foiz natija keltiradi. JST tavsiyalariga ko‘ra, chaqaloqni umrining ilk 6 oyi davomida faqat ko‘krak suti bilan boqish va kun davomida bu amaliyotni imkon qadar ko‘proq takrorlash lozim. Bu masalada ko‘krak suti bilan oziqlantirishga yanada jiddiy e’tibor qaratish lozim.

Ko‘krak suti bilan boqish borasida ajoyib va o‘zlashtirish qiyin bo‘lmaydigan tajribaga ega bo‘lish uchun tug‘ishimdan oldin va undan keyin uzoq vaqt kerakli ma’lumotlarni topish va o‘rganish bilan shug‘ullandim. Hech shubhasiz, bunga sarflagan vaqtim zoye ketmadi, chunki olgan bilim va ko‘nikmalarim jami besh yil davomida ko‘krak suti bilan ovqatlantirgan davrimda menga juda qo‘l keldi.

albina1.jpg

Emizikli onalarga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Ko‘krak suti bilan boqish bo‘yicha maslahatchilar uyushmasining internet sahifalarida emizib oziqlantirish bo‘yicha taqdim etgan ma’lumotlarini topib, ular bilan tanishib chiqishni maslahat bergan bo‘lardim. 

Ko‘krak suti bilan boqish - tabiat in’omi va bolaga o‘z hayotini eng oqilona uslubda boshlash imkonini berishdir. Ammo, tabiy degani harakatsiz degani emas, bunga ham o‘rganish kerak va shunda siz to‘g‘ri yo‘l tutayotganingizga amin bo‘lasiz. Shu orqali siz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murakkab holatlar ehtimolini imkon qadar kamaytirishga erishasiz.

Barchangizga bolani ko‘krak suti bilan oziqlantirishda ishtiyoqingiz baland bo‘lishini tilayman!


Marta o’qilgan: 122