Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
25.04.2018 18:15:14

Hayot xavfsizligi

Yo‘tal, shamollash, tomog‘ og‘rishi va tumov - bu bolalar tez-tez chalinadigan xastaliklar. Odatda ular jiddiy xavotirga sabab bo‘lmaydi. Biroq ayrim vaziyatlarda yo‘tal pnevmoniya ya’ni o‘pka yallig‘lanishi va sil kabi jiddiy kasalliklarning belgisi hisoblanadi. Pnevmoniya - butun dunyoda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining asosiy sababidir, undan keyingi o‘rinda esa diareya turadi. Har yili pnevmoniyadan 2 millionga yaqin bolalar nobud bo‘ladi, ya’ni bu OITS, bezgak va qizamiq sababli hayotdan ko‘z yumadigan jami bolalardan ko‘proqdir. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining har beshinchi holatiga respiratorli infeksiyalar sababchi bo‘ladi.

Barcha qiz va o‘g‘il bolalar respiratorli infeksiyalar va boshqa kasalliklar bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolashni kafolatlaydigan sifatli tibbiy xizmatdan bahramand bo‘lish huquqiga ega.

Har bir oila yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va kichik bolalardagi xavfli kasalliklar alomatlari to‘g‘risida bilishi lozim.

0-2 oygacha bo'lgan chaqaloqlardagi xavfli belgilar:

  • Bola yomon emsa
  • Ahvoli yomonlashsa
  • Kamxarakat bo'lsa
  • Isitmasi chiqsa
  • Nafasi tezlashsa
  • Nafas qiyinlashsa
  • Badani odatdagidan sovuq bo'lsa
  • Axlatida qon bo'lsa
  • Tovon kaftlarda sariqlik bo'lsa

2 oylikdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalardagi xavfli belgilar:

  • Suyuqlik icha olmasa yoki ko'krak ema olmasa
  • Har qanday ovqat yoki suyuqlikdan so'ng qayd qilsa
  • Shaytonlash
  • Uyquchan yoki xushsiz bo'lsa
  • Isitmalab qolsa
  • Nafasi tezlashsa
  • Nafas qiyinlashsa
  • Axlatida qon bo'lsa

Marta o’qilgan: 69