Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
26.05.2017 13:12:44

Immunizatsiya

Har yili 1,4 million nafar bolalar mavjud tayyor vaksinalar yordamida oldi olinishi mumkin bo‘lgan kasalliklar sababli nobud bo‘ladilar. Bunday xastaliklar qatoriga quyidagilar kiradi: B turdagi Haemophilus influenzae (Hib) bilan qo‘zg‘atiladigan qizamiq, meningit, shuningdek difteriya, qoqshal, ko‘k yo‘tal (qaqshab yo‘talish), sariq bezgak, poliomiyelit va B gepatiti. Shuningdek, rotaviruslar qo‘zg‘atadigan pnevmoniya va diareya kabi boshqa kasalliklarga ham qarshi vaksinalar ishlab chiqilgan va hozirgi vaqtda keng qo‘llanilmoqda.

Emlangan bolalar ko‘p hollarda nogironlik yoki o‘limga olib keladigan ushbu xavfli kasalliklardan himoyalangan bo‘ladi. Barcha bolalar bunday himoyadan bahramand bo‘lish huquqiga ega. Har bir qiz va o‘g‘il bola milliy immunizatsiya jadvaliga muvofiq butunlay emlangan bo‘lishi lozim. Erta vaksinatsiya amali o‘ta muhim ahamiyatga ega. Bola hayotining birinchi va ikkinchi yilida emlanish uning salomatligi uchun ayniqsa muhim hisoblanadi.

Shuningdek, homilador ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar qoqshaldan muntazam emlanib turishlari ham juda zarur.

Keyingi yillarda immunizatsiya sohasida taraqqiyot kuzatilishiga qaramasdan, 2008 yilda 24 millionga yaqin bolalar - har yili tug‘iladigan bolalarning qariyb 20 foizi - ularga hayotining birinchi yilida qilinishi shart bo‘lgan oddiy emlashni ham olmaganlar.

Har bir oila immunizatsiya to‘g‘risida bilishi lozim bo‘lgan eng muhim ma’lumotlar:

  • Immunizatsiya o‘ta muhimdir. Har bir bola tavsiya etilayotgan emlashlarning butun majmuini olishi zarur. Ayniqsa bola hayotining birinchi va ikkinchi yilida unga erta himoya juda kerak. Barcha ota-onalar va boshqa tarbiyachilar emlashdan qachon o‘tish lozimligi yuzasidan malakali tibbiyot xodimining maslahatlariga amal qilishlari darkor.
  • Immunizatsiya bir qator xavfli kasalliklardan himoya qiladi. Emlanmagan bola doimo turli kasalliklarga chalinishi, salomatligi yuzasidan biron muammolarga yuz tutishi yoki holdan toyishi ehtimoli bor, u hatto nobud bo‘lishi mumkin.
  • Yengil xastalikka chalingan yoki rivojlanish jarayoni buzilgan hamda yetarli darajada sifatli bo‘lmagan ovqat iste’mol qiladigan bolani xavfsiz emlash.
  • Barcha homilador ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar qoqshaldan himoyaga muhtoj bo‘ladilar. Ayol avval qoqshaldan emlangan taqdirda ham u malakali tibbiyot xodimidan yangi emlashdan o‘tish yuzasidan maslahat olishi kerak.
  • Emlanayotgan har bir odam uchun yangi shprits ishlatilishi kerak. Ya’ni, har bir emlash jarayoni uchun yangi shprits berishlarini talab qilish lozim.
  • Ko‘p odamlar to‘planadigan joyda infeksiya tezda tarqalib ketishi mumkin. Haddan ko‘p aholi yashayotgan sharoitlarda, ayniqsa qochoqlar maskanlari va halokatdan keyingi vaziyatda hayot kechirayotgan barcha bolalar zudlik bilan va birinchi navbatda qizamiqqa qarshi emlanishlari lozim.
  • Har bir emlashdan oldin tibbiyot xodimiga bolaning (yoki kattalarning) vaksinalash kartasi taqdim etilishi shart.

Marta o’qilgan: 214