Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
26.05.2017 13:12:44

Gigiyena

UNICEF Uzbekistan
© UNICEF Uzbekistan

Kichik bolalar xavfli suv, yomon sanitariya sharoitlari va gigiyena yo‘qligining salbiy ta’sirlariga nisbatan juda zaif bo‘ladilar. Diareya, ya’ni ichketar bilan bog‘liq kasalliklardan bolalar nobud bo‘lishining 88 foiziga aynan sanitariyaga xilof sharoitlar sabab bo‘ladi. Ichketar sababli ro‘y beradigan o‘lim holatlarining qariyb 90 foizi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri keladi.

Qo‘llarni sovun bilan yuvish kabi oddiy odatlanish diareyaga chalinish holatlarining sonini deyarli yarim baravarga kamaytiradi. Shu bilan birga bu pnevmoniya, ya’ni o‘pka yallig‘lanishi kabi respiratorli infeksiyalar, shu jumladan ko‘z infeksiyalari, ayniqsa traxomaga chalinish xatarini pasaytiradi.

Ota-onalar va boshqa tarbiyachilar quyidagi holatlarda qo‘llarini sovun bilan yuvishlari shart: 1) bolani najas chiqargandan keyin yuvintirgandan so‘ng; 2) bolaga xalojoyga yoki hojatxonaga kirib chiqishiga yordam bergandan keyin; 3) ota-onalarning o‘zlari xalojoyga yoki hojatxonaga kirib chiqqanlaridan so‘ng; 4) ovqatga qo‘l tekkizishdan va bolani ovqatlantirishdan oldin; 5) chiqindilar bilan aloqa qilgandan keyin.

Ota-onalar va tarbiyachilar bolalarga ovqatlanishdan oldin hamda xalojoy yoki hojatxonaga kirib chiqqandan keyin qo‘llarni sovun bilan yuvishga odatlanib qolishlariga yordam berishlari kerak.

Har bir oila gigiyena to‘g‘risida bilishi lozim bo‘lgan eng muhim ma’lumotlar:

- Barcha najaslar, shu jumladan chaqaloqlar va kichik bolalar najosatlari, xavfsiz usulda yo‘q qilinishi lozim. Barcha oila a’zolari xalojoy, hojatxona yoki tuvakdan (kichik bolalar) foydalanishlari zarur, chunki bu najaslarni yo‘q qilishning eng maqbul usuli.

- Oila a’zolarining barchasi, shu jumladan kichik bolalar, najas bilan aloqadan so‘ng, ovqatga tegish va uni tayyorlashdan oldin hamda bolani boqishdan avval qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvishlari shart.

- Yuz va qo‘llarni har kuni sovunlab yuvish ko‘z infeksiyalarining oldini olishga yordam beradi. Ayrim mamlakatlarda ko‘z infeksiyalari traxomaga olib keladi, bu esa ko‘rlikning sababi bo‘lishi mumkin.

- Odamlar ichadigan va foydalanadigan barcha suv xavfsiz manbadan olingan va tozalangan bo‘lishi lozim. Suv saqlash uchun mo‘ljallangan idishlarni toza tutish va suv tozaligini ta’minlash uchun yopiq holatda saqlash lozim. Zarur bo‘lgan holatlarda suvni uy sharoitlarida tozalash kerak va buning uchun uni qaynatish, filtrdan o‘tkazish, xlor qo‘shish yoki quyosh nurlari ostida zararsizlantirish miumkin.

- Xom ozuqa mahsulotlari yoki tayyorlangan ovqat qoldiqlari xavfli bo‘lishi mumkin. Xom ozuqalarni puxta yuvish yoki maromiga yetkazib tayyorlash kerak. Tayyorlangan ovqatni qisqa vaqt ichida iste’mol qilish yoki takroriy iste’mol qilishda puxta istish lozim.

- Ovqat, idishlar va ovqat tayyorlanadigan yuzalar doimo tozalikda saqlanishi va hayvonlardan imkon qadar uzoq masofada joylashgan bo‘lishi kerak. Ovqat yopiq sig‘imlarda saqlanishi lozim.

- Barcha xo‘jalik chiqindilarning xavfsiz yo‘q qilinishi atrof-muhitni tozalikda saqlashga yordam beradi. Bu esa kasalliklarning profilaktikasiga xizmat qiladi.

Marta o’qilgan: 214