Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
21.11.2017 17:43:13

Ko‘krak suti bilan boqish

UNICEF Uzbekistan
© UNICEF Uzbekistan

Ko‘krak suti bilan boqiladigan chaqaloqlar odatda yanada sog‘lom bo‘ladilar va ko‘krak sutining o‘rnini bosuvchi vositalar bilan boqiladigan go‘daklarga nisbatan tezroq o‘sadilar va rivojlanadilar.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar chaqaloqlarning aksariyati hayotlarining dastlabki olti oyi davomida birgina ona suti – ya’ni faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirilganda va ularga hech qanday boshqa suyuq yoki quyuq ozuqalar, hatto suv ham berilmaganda - bu holatda har yili kamida 1,2 million nafar bolalar hayotini saqlab qolish mumkin bo‘lardi. Agar chaqaloqlar ikki yoshga to‘lgunicha ko‘krak suti bilan boqilganda, millionlab bolalar salomatligining ahvoli va rivojlanishi ko‘p jihatdan yaxshiroq bo‘lardi.

Ko‘krak suti bilan boqilmaydigan bolalar ularning o‘sishini to‘xtatib turadigan, nobud bo‘lish xavfini oshiradigan yoki rivojlanishda nuqsonlarni yuzaga keltiradigan kasalliklarga chalinish borasida katta xatar mavjud. Emizib boqiladigan bolalar esa ona suti orqali turli kasalliklardan kuchli himoyaga ega bo‘ladilar.

Sun'iy ozuqa va toza suv qo‘l ostingizda bo‘lganda, sutli aralashmalarni tayyorlash uchun yaxshi sanitariya-gigiyena sharoitlari mavjud bo‘lgan taqdirda ham, ko‘krak suti bilan boqish - bu go‘daklarni oziqlantirishning tabiiy va tavsiya etiladigan usulidir.

Har bir oila ko‘krak suti bilan boqish to‘g‘risida bilishi lozim bo‘lgan eng muhim ma’lumotlar:

  • Ko‘krak suti chaqaloq hayotining dastlabki olti oyi davomida uning uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi. Ushbu davrda emizib boqiladigan bola hech qanday boshqa ovqat va hatto suvga ham muhtoj bo‘lmaydi.
  • Tug‘ilgandan so‘ng chaqaloq doimo o‘z onasi bilan birga bo‘lishi lozim. Ularning orasida yaqin aloqa o‘rnatilishi zarur va chaqaloqni tug‘ilgan vaqtdan uzog‘i bilan bir soatdan keyin ko‘krak suti bilan emizish lozim bo‘ladi.
  • Deyarli har bir ona o‘z bolasini ko‘krak suti bilan muvaffaqiyatli boqishi mumkin. Chaqaloqni tez-tez emizib turish onada ko‘proq sut hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Go‘dakni bir kechayu kunduzda kamida sakkiz marta u istaganida ko‘krak suti bilan boqish kerak.
  • Ko‘krak suti bilan boqish bolalarni xavfli kasalliklardan himoya qilishga yordam beradi. Shu bilan birga bu ona va bola o‘rtasida o‘ziga xos aloqa yaratadi.
  • Chaqaloqni sun'iy oziqlantirish va sutli aralashmalar yoki chorva mollarining suti kabi sut o‘rnini bosuvchi vositalar bilan boqish chaqaloq salomatligi va eson-omon ulg‘ayishi uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Agar ayol o‘z bolasini ko‘kragi bilan emiza olmasa, uni suzg‘ichdan o‘tkazilgan ko‘krak suti bilan boqish yoki so‘nggi chora sifatida oddiy toza tovoqchadan sut o‘rnini bosuvchi sifatli ozuqa bilan oziqlantirish mumkin.
  • Agar ayol OIV infeksiyasiga chalingan bo‘lsa, u o‘z suti bilan birga chaqaloqqa infeksiyani yuqtirishi xavfi bor. Shunda bola hayotining birinchi olti oyi davomida ko‘krak suti bilan bir qatorda boshqa suyuq va qattiq ozuqalar bilan boqiladigan bo‘lsa, unga kasallikni yuqtirish xavfi yanada ortadi. Shuning uchun agar bolani faqat sut o‘rnini bosuvchi vositalar bilan boqishga ruxsat, iloj va imkon bo‘lmasa hamda bu xavfli bo‘lsa, uni hayotining birinchi olti oyi davomida faqat ko‘krak suti bilan boqish tavsiya etiladi.
  • O‘z uyidan yiroqda ishlaydigan ayol bolasini ko‘krak suti bilan boqishni davom ettirishi mumkin. Buning uchun u o‘z bolasi bilan birga bo‘lgan vaqtda uni imkon qadar tez-tez ko‘krak suti bilan boqishi kerak. Buning imkoni bo‘lmaganda ayol o‘z ko‘krak sutini suzg‘ichdan o‘tkazib berishi, boshqa tarbiyachi esa bolani xavfsiz usulda boqishi mumkin.
  • Bolalar olti oyga to‘lib, turli ozuqalarni iste’mol qilishni boshlagandan so‘ng ham uni yana ikki yil va undan ham ortiq muddat davomida ko‘krak suti bilan boqishni davom ettirish lozim, chunki bu oziqlanish va quvvat olishning muhim manbai hamda turli kasalliklardan himoyalanishning noyob va tengsiz usulidir.

Marta o’qilgan: 1389