Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
26.05.2017 13:12:44

Oilalar uchun materiallar

Bola hayotidagi ilk yillarning ahamiyati: o’yinning boshqa tarafi

«Bolada mavjud bo’lgan narsalarning qay biri eng muhim ahamiyatga ega? Miya. Shunga qaramasdan biz bola miyasiga uning tanasiga e’tibor berganimizdek e’tibor bermaymiz,» – deydi UNICEF Ijroya direktori Entoni Leyk. «Miyasi etarlicha rivojlanmayotgan bola, kelajakda o’z salohiyatining maksimal darajasida ta’lim olish va ishlab, daromadga ega bo’lish imkonidan mahrum bo’lishi mumkin, bu esa mazkur bola uchun eng noxush istiqbol bo’lishi bilan birga, jamiyat uchun zaif taraqqiyot demakdir,» – deb ta’kidlaydi u so’zining davomida.

Nogironligi bo’lgan bolalarning ota-onalari uchun 10ta tavsiya

Pensilvaniyaning Indiana universitetida klinik ruhshunoslik yo’nalishida faoliyat yuritadigan psixologiya fanlari doktori Darla Klayton tomonidan berilgan bir necha tavsiyalar bilan o’rtoqlashmoqchi edik. Doktor Darla Klayton xonim o’z sohasining mutaxassisi bo’lishi bilan birga, ikkita ajoyib farzandning – bir qiz va miya falaji (tserebral paralich) bilan kasallangan o’g’il farzandning onasi hamdir. U o’ziniki singari vaziytga tushgan ota-onalarga aytmoqchi bo’lgan mulohazalarini sodda tilda bayon etgan. Umid qilamizki, mazkur tavsiyalar ko’pgina ota-onalar uchun o’z farzandlarini voyaga yetkazishlarida foydali bo’ladi.

Bolalar erta yoshda rivojlanishi: mehr va e’tibor kuchi

Ko‘pgina ota-onalar erta yoshdagi bolaga faqat ozuqa, iliq muhit va pediatrning muntazam nazorati kerak xolos, deb o‘ylaydilar.

/upload/iblock/109/45.jpg
Ko‘krak suti bilan boqish

Ko‘krak suti bilan boqiladigan chaqaloqlar odatda yanada sog‘lom bo‘ladilar va ko‘krak sutining o‘rnini bosuvchi vositalar bilan boqiladigan go‘daklarga nisbatan tezroq o‘sadilar va rivojlanadilar.

Gigiyena

Kichik bolalar xavfli suv, yomon sanitariya sharoitlari va gigiyena yo‘qligining salbiy ta’sirlariga nisbatan juda zaif bo‘ladilar. Diareya, ya’ni ichketar bilan bog‘liq kasalliklardan bolalar nobud bo‘lishining 88 foiziga aynan sanitariyaga xilof sharoitlar sabab bo‘ladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda xavfli kasalliklar alomatlarini aniqlash

Yo‘tal, shamollash, tomog‘ og‘rishi va tumov - bu bolalar tez-tez chalinadigan xastaliklar. Odatda ular jiddiy xavotirga sabab bo‘lmaydi.

Immunizatsiya

Har yili 1,4 million nafar bolalar mavjud tayyor vaksinalar yordamida oldi olinishi mumkin bo‘lgan kasalliklar sababli nobud bo‘ladilar. Bunday xastaliklar qatoriga quyidagilar kiradi: B turdagi Haemophilus influenzae (Hib) bilan qo‘zg‘atiladigan qizamiq, meningit, shuningdek difteriya, qoqshal, ko‘k yo‘tal (qaqshab yo‘talish), sariq bezgak, poliomiyelit va B gepatiti.

Ovqatlanish

Har yili bolalar o‘limi holatlarining uchdan bir qismi ovqatga to‘ymaslik, ayniqsa yetarlicha ovqatlanmaslik sababli ro‘y beradi, chunki bu organizmning kasalliklarga nisbatan qarshiligini zaiflashtiradi.